Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Arterial va venoz trombozlar va tromboemboliya hozirda yoki anamnezida (jumladan, chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, insult), serebrovaskulyar buzilishlar; trombozdan oldingi holatlar (jumladan, tranzitor ishemik xurujlar, stenokardiya) hozirda yoki anamnezida; venoz yoki arterial trombozga orttirilgan yoki irsiy moyillik, shu jumladan faollashgan protein C ga rezistentlik, antitrombin III yetishmovchiligi, protein C va protein S yetishmovchiligi, giperhomotsisteinemiya, fosfolipidlarga antitelalar mavjudligi (antikardiolipin, bo‘rsiq antikoagulyanti); venoz yoki arterial tromboz xavfining yuqori bo‘lishi. O‘choqli nevrologik simptomli migren hozirda yoki anamnezida. Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvi (kamida 4 hafta oldin) va immobilizatsiya davri, masalan, travmadan so‘ng (jumladan, gips bog‘lamlari qo‘yilgandan keyin) va to‘liq harakatlanish tiklangandan keyin kamida 2 hafta davomida. Tomir asoratlari bilan kechuvchi qandli diabet. Nazorat qilinmaydigan yoki og‘ir arterial gipertenziya. Og‘ir dislipoproteinemiya. Hozirda yoki anamnezida yuqori gipertirgiseridemiyali pankreatit. Jigar yetishmovchiligi va jigar kasalliklari (jigar sinovlari normallashguncha); hozirda yoki anamnezida jigar o‘smalari (yaxshi yoki yomon xusiyatli). Gormonlarga bog‘liq xavfli o‘smalar (shu jumladan, jinsiy organlar yoki ko‘krak bezi) aniqlangan yoki ularga shubha mavjud; noaniq kelib chiqishga ega vaginal qon ketishi. Homiladorlik yoki shubha mavjudligi; emizish davri. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: tromboz va tromboemboliya rivojlanish xavfi omillari (chekish; semizlik; dislipoproteinemiya; nazorat qilinadigan arterial gipertenziya; o‘choqli nevrologik simptomatikasiz migren; yurak klapanlarining kasalliklari; irsiy trombozga moyillik (yaqin qarindoshlarida yoshligida tromboz, miokard infarkti yoki miya qon aylanishi buzilishi holatlari); periferik qon aylanishi buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar (qandli diabet, tizimli qizil bo‘rsiq kasalligi, gemolitiko-uremik sindrom, Kron kasalligi va yarali kolit, o‘roq shaklidagi anemiya, yuzaki venalar flebiti); irsiy angionevrotik shish; gipertirgiseridemiya; qarshi ko‘rsatmaga kirmaydigan jigar kasalliklari; homiladorlik davrida yoki jinsiy gormonlarni oldingi qabul qilish fonida birinchi marta yuzaga kelgan yoki og‘irlashgan kasalliklar (masalan, xolestaz fonida sariqlik va/yoki qichishish, o't pufagi kasalliklari, otoskleroz bilan bog‘liq eshitishning yomonlashuvi, porfiriya, homiladorlikdagi gerpes, Sidenxem xoreyasi); tug‘ruqdan keyingi davr.