Temir preparatlarining yuqori dozalari toksik bo'lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin. Simptomlar: 1-bosqich. Qabul qilingandan keyingi dastlabki 6 soat: doza oshib ketishning boshlang‘ich belgilariga oshqozon-ichak traktida zaharlanish (masalan, ko‘ngil aynishi, qayt qilish (qonda qoramtir modda mavjud), diareya, qorin og‘rig‘i va qon aralash siydik), shuningdek, terining oqarishi yoki sianoz, gipotenziya, taxikardiya, qon aylanishining kollapsi, uyquchanlik, charchoq, markaziy asab tizimi bostirilishi (letargiyadan komagacha), giperlikemiya, metabolik atsidoz va giperventilyatsiya kiradi. Davolash: zaharlanishni davolashni darhol boshlash kerak. 2-bosqich. 6-24 soat davomida: vaqtinchalik yaxshilanish, klinik barqarorlashish bilan namoyon bo‘ladi. 3-bosqich. Qabul qilingandan keyingi 24 soatdan keyin: latent davrdan so‘ng holatning yanada og‘irlashishi, oshqozon-ichak traktida toksik belgilarning qaytalanishi, shok, metabolik atsidoz, tutqanoqlar, gipoglikemiya, qon ivishining buzilishi, koma, gepatotsellyulyar nekroz va sariqlik, oliguriyadan buyrak yetishmovchiligigacha va jigar faoliyati buzilishi, o‘pka shishi kabi belgilar paydo bo‘ladi.
Davolash:
Dori vositasi so‘rilishini oldini olish uchun quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya etiladi: qayt qilishni chaqirish; oshqozonni yuvish va qoldiq dori vositasini oshqozondan chiqarish uchun deferoksamin eritmasi (2 g/l) bilan yuvish. Shundan so'ng 5-10 g deferoksaminni 50-100 ml suvda eritib, oshqozonga kiritish va oshqozonni bo‘shatishdan keyin qoldirish. Bemorni qusishdan bo‘g‘ilish ehtimoli sababli doimiy nazoratda ushlab turish. Oshqozon tarkibini nafas yo‘llaridan chiqarib olish va kislorod inhalatsiyasini o‘tkazish talab etilishi mumkin.
Manitol yoki sorbitolning suvli eritmasi ichakni tozalashga yordam beradi.
Enterik qoplamali tabletkalar rentgen soyasini beradi, shuning uchun oshqozon-ichak traktida qolgan tabletkalar miqdorini oshqozonni yuvish va qusishdan keyin qorin bo‘shlig‘i rentgenografiyasi yordamida aniqlash mumkin.
Og'ir dozadan oshib ketganda: shok yoki koma rivojlanganda va yuqori darajadagi temir miqdori bo‘lganda (serum temir >90 mkmol/l), favqulodda choralar ko‘rilishi va vena ichiga deferoksamin infuziyasi o‘tkazilishi kerak. Maksimal bir martalik deferoksamin dozasi 15 mg/kg/soat bo‘lib, uni vena ichiga sekin 4-6 soat davomida yuborish lozim. Maksimal sutkalik doza 80 mg/kg ni tashkil qiladi. Juda tez infuziya gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
O'rtacha darajadagi zaharlanishda deferoksamin 2 g dozada mushak ichiga (m/i) yuborilishi tavsiya etiladi. M/i kiritilganda ham gipotenziya ehtimoli saqlanib qoladi.
Serum temir darajasini uzoq vaqt davomida kuzatish talab etiladi.
Bolalarda temir tuzlari bilan intoksikatsiya o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘limga olib kelishi mumkin. Temir preparatlari bolalar uchun xavfsiz joyda saqlanishi kerak! Temir tuzlari bilan zaharlanish shubhasida darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak!