Makrolidlar guruhiga mansub keng spektrli antibiotik, azalid hosilasi. Yallig'lanish o'chog'ida yuqori konsentratsiyalarda bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Quyidagi gram-musbat kokklarga faol: Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, C, F va G guruhlari streptokokklari, Staphylococcus viridans, Staphylococcus aureus; gram-manfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, Bordetella parapertussis, Legionella pneumophila, Haemophilus ducreyi, Campylobacter jejuni, Helicobacter pylori, Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp.; shuningdek, boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi. Azitromitsin eritromitsinga chidamli gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.