Simptomlar: Odatda markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarida buzilishlar bilan bog'liq. Markaziy asab tizimi va sezgi organlari: markaziy asab tizimi funktsiyasining bostirilishi, dezorientatsiya, uyquchanlik, qo'zg'alish, gallyutsinatsiyalar, koma, xiralashgan ko'rish, noaniq nutq, dizartriya, nistagmus, ataksiya, diskineziya, giperefleksiya (dastlab), giporefleksiya (keyin), tutqanoqlar, psixomotor buzilishlar, mioklonus, gipotermiya, midriaz. Yurak-qon tomir tizimi: taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, ba'zan arterial bosimning ko'tarilishi, QRS kompleksi kengayishi bilan ichki qorinchalararo o'tkazuvchanlikning buzilishi, hushdan ketish, yurak to'xtashi. Nafas olish tizimi: nafas olishning bostirilishi, o'pka shishi. Ovqat hazm qilish tizimi: ko'ngil aynishi, qayt qilish, oshqozonni bo'shatishning kechikishi, yo'g‘on ichak motorikasining pasayishi. Siydik chiqarish tizimi: siydik tutilishi, oliguriya yoki anuriya, suyuqlik tutilishi, giponatriemiya. Laborator ko'rsatkichlar: leykozitoz yoki leykopeyeniya, giponatriemiya, metabolik atsidoz, giperlikemiya va glikozuriya, mushak fraktsiyasining KFK darajasi oshishi. Davolash: maxsus antidot yo'q. Reanimatsiya bo‘limida simptomatik qo‘llab-quvvatlovchi davolash, yurak faoliyati, tana harorati, qornea reflekslari, buyrak va siydik pufagi funktsiyalari monitoringi, elektrolit buzilishlarini tuzatish kerak. Karbamazepin kontsentratsiyasini intoksikatsiyani tasdiqlash va dozani oshirib yuborishni baholash uchun plazmada aniqlash lozim, oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir buyurish tavsiya etiladi. Oshqozon tarkibining kechikib evakuatsiya qilinishi 2 va 3-kun davomida qayta so‘rilishga va intoksikatsiya belgilarining takroran paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Forstlangan diurez, gemodializ va peritoneal dializ samarasiz, ammo og'ir intoksikatsiya va buyrak yetishmovchiligi birgalikda bo'lgan holatlarda dializ tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi bolalarda qon quyish talab qilinishi mumkin.