Revmatoyid artrit. Aktiv shakldagi revmatoyid artrit bilan kasallangan bemorlarni davolash, bunda avval qo‘llangan asosiy yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (AYQV), jumladan, metotreksat, samarasiz bo‘lgan hollarda, shuningdek, metotreksat yoki boshqa AYQV bilan oldin davolanmagan og‘ir progressiv shakldagi aktiv revmatoyid artrit bilan kasallangan bemorlarni davolash. Terapiya metotreksat bilan birgalikda o‘tkaziladi. Infliksimab va metotreksatning birgalikdagi terapiyasi kasallik simptomlarini kamaytirish, funksional holatni yaxshilash va bo‘g‘imlarning zararlanishi progressiyasini sekinlashtirishga yordam beradi. Kattalarda Kron kasalligi. 18 yoshdan oshgan bemorlarni o‘rta yoki og‘ir darajadagi, aktiv shakldagi Kron kasalligi, jumladan, fistulalar hosil bo‘lishi bilan, an’anaviy terapiya (GKS va/yoki immunodepressantlar, fistulyar shaklda esa antibiotiklar, immunodepressantlar va drenaj) samarasiz, nojo‘ya ta’sirlar yoki qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda davolash. Infliksimab terapiyasi kasallik simptomlarini kamaytirish, remissiyaga erishish va uni saqlash, shilliq qavatlarning bitishi va fistulalarning yopilishi, fistulalar sonining kamayishi, GKS dozasini pasaytirish yoki uni bekor qilish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bolalar va o‘smirlarda Kron kasalligi. 6 dan 17 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta yoki og‘ir darajadagi aktiv shakldagi Kron kasalligi bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni davolash, bunda standart terapiya (GKS va/yoki immunodepressantlar) samarasiz bo‘lganda, nojo‘ya ta’sirlar yoki qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda. Infliksimab terapiyasi kasallik simptomlarini kamaytirish, remissiyaga erishish va uni saqlash, GKS dozasini pasaytirish yoki bekor qilish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Kattalarda yarali kolit. GKS, 6-merkaptopurin yoki azatioprin qo‘llanilgan an’anaviy terapiya samarasiz bo‘lgan yarali kolit bilan kasallangan bemorlarni davolash. Infliksimab terapiyasi ichak shilliq qavatining bitishini, statsionar davolanishga ehtiyojning kamayishini, remissiyaga erishish va uni saqlashni, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Bolalar va o‘smirlarda yarali kolit. 6 dan 17 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta yoki og‘ir darajadagi yarali kolit bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni GKS, 6-merkaptopurin yoki azatioprin bilan standart terapiyaga yetarli javob bo‘lmaganda yoki standart terapiya nojo‘ya ta’sirlari yoki qarshi ko‘rsatmalari mavjud bo‘lganda davolash. Ankilozlovchi spondilit. Standart terapiyaga javob bermagan, aksial simptomlari va yallig‘lanish faolligining laborator ko‘rsatkichlari aniq ifodalangan ankilozlovchi spondilit bilan kasallangan bemorlarni davolash. Infliksimab terapiyasi kasallik simptomlarini kamaytirish va bo‘g‘imlarning funksional faolligini yaxshilashga yordam beradi. Psoriatik artrit. Aktiv shakldagi progressiv psoriatik artrit bilan kasallangan, asosiy yallig‘lanishga qarshi dorilarga yetarli javob bermagan bemorlarni davolash. Infliksimab metotreksat bilan kombinatsiyalangan yoki metotreksatga nojo‘ya ta’sirlar yoki qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda monoterapiya shaklida qo‘llaniladi. Infliksimab terapiyasi artrit simptomlarini kamaytirish, bemorlarning funksional faolligini yaxshilash va periferik psoriatik poliartritda rentgenologik progressiyani kamaytirishga yordam beradi. Psoriaz. Og‘ir darajadagi psoriaz bilan kasallangan va tizimli terapiyani talab qiluvchi bemorlarni, shuningdek, o‘rtacha darajadagi psoriaz bilan kasallangan, PUVA-terapiya samarasiz bo‘lgan, nojo‘ya ta’sirlar yoki qarshi ko‘rsatmalar mavjud bemorlarni davolash. Terapiya teridagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish va keratinotsitlar differentsiatsiyasi jarayonini normallashtirishga olib keladi.