Isoniazid. Simptomlar 0,5-3 soat ichida namoyon bo‘ladi: ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh aylanishi, nutqning noaniqligi, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, ko‘rish gallyutsinatsiyalari. Jiddiy dozadan oshirib yuborishda: respirator distress-sindrom, stupordan komaga o‘tadigan markaziy asab tizimining (MAT) susayishi, og‘ir, boshqarib bo‘lmaydigan tutqanoq xurujlari, og‘ir metabolik atsidoz, atsetonuriya, giperglikemiya. Davolash: jiddiy dozadan oshirib yuborishda (80-150 mg/kg) noto‘g‘ri davolash neyrotoksiklikka va o‘limga olib keladi. Tegishli davolash bilan prognoz yaxshi. Bessimptomatik dozadan oshirib yuborishda: aktivlangan ko‘mir, me'dani yuvish. Agar qabul qilingan dozasi 80 mg/kg dan ko‘p bo‘lsa, venaga xuddi shu dozada piridoksin kiritiladi, agar izoniazidning qabul qilingan dozasi noma'lum bo‘lsa, kattalarga 5 g piridoksin venaga kiritiladi, bolalarga – 80 mg/kg 30-60 minut ichida. Klinik belgilar mavjud bo‘lsa: yetarli ventilyatsiya, yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash, oshqozon tarkibini aspiratsiya qilishning oldini olish. Agar qabul qilingan izoniazid doza ma'lum bo‘lsa, venaga bolyus sifatida 3-5 daqiqa davomida xuddi shu miqdorda piridoksin kiritiladi. Agar qabul qilingan doza noma'lum bo‘lsa, kattalarga 5 g, bolalarga esa 80 mg/kg venaga kiritiladi. Agar tutqanoqlar to‘xtamasa, dozani takrorlash mumkin. 10 g dan ortiq dozani buyurish kamdan-kam hollarda talab qilinadi. Izoniazid bilan dozadan oshirib yuborishda piridoksinning maksimal xavfsiz dozalari noma'lum. Piridoksin samarasiz bo‘lsa, diazepam buyuriladi. Elektrolitlar, mochevina, glyukoza va qonda gazlarning qisman bosimini nazorat qilish zarur. Metabolik atsidoz rivojlanganida natriy gidrokarbonat giperkapniyani kuchaytirishi mumkin (doimiy monitoring zarur). Diazepam va natriy gidrokarbonat bilan piridoksin yordamida tutqanoqlar va atsidozni to‘xtatib bo‘lmasa, dializ buyuriladi.