Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Ayollarda: anovulyatsiya; ko'plab follikulalarning o'sishini induktsiyalash maqsadida tuxumdonlarni boshqariladigan giperstimulyatsiya qilish (ekstrakorporal urug'lantirish va embrionni ko'chirish (EKO/PE), gametalarni bachadon naychasiga ko'chirish (GIFT), intratsitoplazmatik spermatozoid injeksiyasi (IKSI) kabi yordamchi reproduktiv texnologiyalarni amalga oshirishda). Erkaklarda: gipogonadotropik gipogonadizm bilan bog'liq spermatogenezning buzilishi.