Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: og‘ir infeksiyalar: meningit, sepsis (septitsemiya), og‘ir yiringli-septik holatlar; suyak va bo‘g‘im infeksiyalari: septik artrit, osteomiyelit, bakterial bursit; nafas yo‘llari infeksiyalari: o‘tkir va surunkali bronxit, infeksiyalangan bronxoektaziya, grammanfiy bakteriyalar chaqirgan pnevmoniya, o‘pka absessi, plevra empiyemasi; siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari: o‘tkir va surunkali pielonefrit, pielit, prostatit, sistit, uretrit (faqat bakterial), buyrak absessi; teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari: mastit, jarohat infeksiyalari, teri yaralari, flegmona, erysipel, infeksiyalangan kuyishlar; me’da-ichak traktining infeksiyalari, qorin bo‘shlig‘i va o‘t yo‘llari infeksiyalari: peritonit, enterokolit, retroperitoneal absess, divertikulit, kichik tos a’zolarining yallig‘lanishi, xolestistit, xolangit, o‘t pufagining empiyemasi; ayollarning jinsiy a’zolari infeksiyalari; quloq, tomoq va burun infeksiyalari: o‘rta otit, sinusit, mastoidit va boshqalar; gonoreya (ayniqsa, penitsillinlar guruhidagi antibakterial preparatlarga yuqori sezgirlikda).