Preparatga sezgir mikroorganizmlar sababli kelib chiqqan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: og‘ir infeksiyalar, jumladan, shifoxona ichidagi (septitsemiya, bakteriemiya, peritonit, meningit, immuniteti zaiflangan bemorlarda infeksiyalar, infeksiyalangan kuyishlar); siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (o‘tkir va surunkali pielonefrit, pielit, prostatit, sistit, uretit /faqat bakterial/, buyrak absessi); quyi nafas yo‘llari infeksiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, infeksiyalangan bronxoektazlar, gram-manfiy bakteriyalar qo‘zg‘atgan pnevmoniya, o‘pka absessi, plevra empiemasi, kistik fibrozda o‘pka infeksiyalari); teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (mastit, yara infeksiyalari, teri yaralari, flegmona, erysipelas); suyak va bo‘g‘im infeksiyalari (septik artrit, osteomielit, bakterial bursit); me’da-ichak trakti, qorin bo‘shlig‘i va o‘t yo‘llari infeksiyalari (enterokolit, retroperitoneal absesslar, divertikulit, kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari, xolecistit, xolangit, o‘t pufagi empiemasi); kichik tos a’zolarining va ayollar jinsiy a’zolarining infeksiyalari; gonoreya (ayniqsa, penitsillin guruhidagi antibakterial preparatlarga yuqori sezuvchanlikda); quloq, tomoq, burun infeksiyalari (o‘rta otit, sinusit, mastoidit).