Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Yo'tal bilan kuzatiladigan nafas yo'llari kasalliklari va holatlari: o‘tkir va surunkali bronxit, bakterial va/yoki virusli infektsiyalarga bog'liq traxeit, pnevmoniya, bronxoektaz kasalligi, bronxial astma, shilimshiq tiqinlar sababli bronxlar yopilib qolgan holda yuzaga keladigan atelektaz, sekret ajralishini yengillashtirish uchun sinusit, mukovistsidoz (kompleks terapiya tarkibida). Bronxoskopiya, bronxografiya, aspiratsion drenajlashdan oldin tayyorgarlik uchun. Nafas yo‘llaridagi yopishqoq sekretsiyani jarohatlar va operatsiyadan keyingi holatlarda chiqarib tashlash uchun.