Grampozitiv va grammanfiy mikroorganizmlar, shuningdek, anaerob va/yoki sodda mikroorganizmlar qo‘zg‘atgan aralash bakterial infeksiyalar: nafas yo‘llari infeksiyalari (o‘tkir bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, pnevmoniya, bronxoektatik kasallik); LOR-organlar infeksiyalari (o‘rta otit, sinusit, frontal sinuzit, tonzillit, faringit); og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalari (o‘tkir yarali gingivit, periodontit, periostit); buyrak va siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (sistit, pielonefrit); kichik tos a’zolari va jinsiy organlar infeksiyalari (prostatit, adneksit, salpingit, ooforit, endometrit, tubulyar absess, pelvioperitonit); qorin ichidagi infeksiyalar (me’da-ichak yo‘llari, o‘t yo‘llari infeksiyalari, ichki qorin absesslari); teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (infektsiyalangan yaralar, kuyikmalar, absesslar, diabetik oyoq sindromi); suyak va bo‘g‘imlar infeksiyalari (osteomielit, septik artrit); operatsiyadan keyingi infeksiyalar.