Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Kattalarda kompleks terapiya tarkibida: kuchli va uzoq muddatli jismoniy yuklamalar, psixoemotsional zo'riqishlarda: ish qobiliyatini, chidamlilikni oshirish, charchoqni kamaytirish uchun, shu jumladan keksa yoshdagilarda; kasalliklar va jarrohlik aralashuvlaridan keyingi reabilitatsiya davrida, jarohatlar, shu jumladan to‘qimalarni tiklanishini tezlashtirish uchun; asab anoreksiyasida; karnitin yetishmovchiligi yoki uning yo‘qotilishi bilan kechadigan kasalliklarda (miyopatiyalar, kardiomiyopatiyalar, mitoxondrial kasalliklar, mitoxondrial yetishmovchilik bilan bog‘liq irsiy kasalliklar), kompleks terapiya tarkibida uni to‘ldirish uchun; Sport tibbiyotida va intensiv mashg‘ulotlar davomida (aerob ishlab chiqaruvchanlikni oshirish mashg‘ulotlarida): tezlik-va kuch ko‘rsatkichlarini va harakatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilash uchun; mushak massasini oshirish va yog‘ massasini kamaytirish uchun; mashg‘ulotdan keyingi sindromni oldini olish uchun (jismoniy mashqlardan keyin tiklanish jarayonlarini tezlashtirish); mushaklarning regeneratsiyasini tezlashtirish maqsadida travmatik jarohatlarda.