Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Xirurgik operatsiyalar vaqtida arterial gipotenziya (ayniqsa, orqa miya anesteziyasida), travma, qon yo'qotish, infeksion kasalliklar, ganglioblokatorlar, adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziya keltiruvchi dori vositalarining dozasi oshib ketishi. Bronxial astma va boshqa obstruktiv nafas yo'llari kasalliklari, vazomotor va allergik rinit, sinusit (burun shilliq qavatining tomirlarini toraytirish uchun), zardob kasalligi, toshma va boshqa allergik holatlar. Narkolepsiya, enurez (markaziy asab tizimiga ta'sir ko'rsatib, uyquni yuzaki qiladi va siyish istagi paydo bo'lganda uyg‘onishni osonlashtiradi), miasteniya.