Hazm qilish tizimi tomonidan:
- Tez-tez: qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, meteorizm, ishtahaning pasayishi, anoreksiya, qon zardobida aminotransferazalar faolligining oshishi;
- Kam: gastrit, me'da-ichak qon ketishi, qon aralash qusish, melena, qonga aralash diareya, me'da va ichak yaralari (qon ketishi yoki perforatsiya bilan yoki ularsiz), gepatit, sariqlik, jigar funktsiyasining buzilishi;
- Juda kam: stomatit, glossit, qizilo'ngach zararlanishlari, ichakda diafragma shaklidagi strikturalar paydo bo'lishi, kolit (nospesifik gemorragik kolit, yarali kolit yoki Kron kasalligining kuchayishi), qabziyat, pankreatit, chaqmoqsimon gepatit, jigar nekrozi, jigar yetishmovchiligi.
Asab tizimi tomonidan:
- Tez-tez: bosh og'rig'i, bosh aylanishi;
- Kam: uyquchanlik;
- Juda kam: hissiyot buzilishi, jumladan, paresteziya, xotira buzilishlari, tremor, tutqanoq, bezovtalik, o'tkir miya qon aylanishining buzilishi, aseptik meningit, disorientatsiya, depressiya, uyqusizlik, qo'rqinchli tushlar, asabiylashish, psixik buzilishlar.
His organlari tomonidan:
- Tez-tez: vertigo;
- Juda kam: ko'rish buzilishlari (ko'rishning xiralashishi), diplopiya, eshitish buzilishlari, quloqlarda shovqin, disgeuziya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan:
- Tez-tez: teri toshmasi;
- Kam: toshma;
- Juda kam: pufakli toshmalar, ekzema, eritema, ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz), eksfoliativ dermatit, qichishish, soch to'kilishi, fotosensitivlik reaksiyalari; purpura, Shenleyn-Genox purpurasi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan:
- Juda kam: o'tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, tubulointerstitsial nefrit, nefrotik sindrom, papillyar nekroz.
Qon hosil qilish tizimi tomonidan:
- Juda kam: trombotsitopeniya, leykopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, agranulositoz.
Allergik reaktsiyalar:
- Kam: gipersenstitivlik, anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, jumladan qon bosimining pasayishi va shok;
- Juda kam: angionevrotik shish (yuz shishishi ham kiradi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:
- Juda kam: yurak urishini his qilish, ko'krak og'rig'i, qon bosimining oshishi, vaskulitlar, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti. Diklofenakni uzoq muddat yuqori dozada (kuniga 150 mg dan ortiq) qo'llashda yurak-qon tomir trombotik asoratlari (masalan, miokard infarkti) rivojlanish xavfi ozgina oshishi mumkin.
Nafas olish tizimi tomonidan:
- Kam: astma (jumladan, nafas qisilishi);
- Juda kam: pnevmonitlar.
Umumiy reaksiyalar:
- Kam: shishlar.
Bemorni yuqorida ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlar haqida ham shifokoriga xabar berish va preparatni qabul qilishni to'xtatish kerakligini ogohlantirish kerak.