Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalarda ichak distal bo‘limlaridagi disbakteriozlar va yallig‘lanish jarayonlarini davolash: turli etiologiyadagi distal ichak bo‘limlarida yaqqol ifodalangan patologik jarayonlar bilan kechuvchi surunkali kolitlar; ichak disfunksiyasi, qo‘zg‘atuvchilar ajralishi yoki turli etiologiyadagi yaqqol disbakterioz mavjud bo‘lganda o‘tkir ichak infektsiyalaridan tuzalayotganlar uchun. Kattalarda ginekologiyada disbakteriozlar va yallig‘lanish jarayonlarini davolash: noaniq kolpitlar (gonokokk, trixomonada va boshqa aniq infektsiyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan); mustaqil vosita sifatida yoki antibakterial terapiya kursi tugagach qo‘llaniladi; vaginal disbiozlar, shu jumladan bakterial vaginoz (gardnerellyoz); ayollar jinsiy tizimining yallig‘lanish jarayonlari o‘tkir va surunkali bosqichlari; gormonga bog‘liq kolpitlar, shu jumladan senil kolpitlar; operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish maqsadida rejalashtirilgan ginekologik operatsiyalarga tayyorgarlik; yallig‘lanish kasalliklari rivojlanish xavfi bo‘lgan homilador ayollarni tug‘ruq oldidan yallig‘lanishga qarshi profilaktika va vaginal disbakteriozni davolash. Urogenital infektsiyalar va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklarni (JYuYuK) davolashda yordamchi vosita sifatida: shu jumladan gonoreya, urogenital xlamidioz, genital gerpes. Normal mikroflorani tiklash uchun maxsus antimikrob, antivirus va immunomodulyatsion terapiya bilan birga va terapiyadan keyin qo‘llaniladi.