Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Bronxial astma, rinit yoki eshakemi ketoprofen, asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) sababli anamnezda; me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi faol bosqichda; faol bosqichdagi yarali kolit; Kron kasalligi; divertikulit; peptik yara; gemofiliya va boshqa qon ivishining buzilishlari; faol me’da-ichak, serebrovaskulyar va boshqa qon ketishlari (yoki qon ketishidan shubhalanish); og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam); buyrak kasalliklarining progressiv shakllari; og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; aorta-koronar shuntlashdan keyingi holat; tasdiqlangan giperkaliemiya; ichakning yallig‘lanish kasalliklari; 15 yoshgacha bo‘lgan yosh; homiladorlikning III trimestri; emizish davri; ketoprofen, boshqa NYAQP yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: Anemiya, bronxial astma, alkogolizm, chekish, alkogol tsirrozi, giperbilirubinemiya, jigar yetishmovchiligi, suvsizlanish, sepsis, surunkali yurak yetishmovchiligi, shishlar, arterial gipertenziya, qon kasalliklari (shu jumladan leykopeniya), stomatit, IShK, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriya kasalliklari, KK 60 ml/min dan kam, anamnezda me’da-ichak yarali shikastlanishlari, Helicobacter pylori infeksiyasi, uzoq muddatli NYAQP qo‘llanishi, og‘ir somatik kasalliklar, peroral GKS (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan klopidogrel), serotonin qayta qabul qilinishining selektiv ingibitorlari (shu jumladan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin), keksa yosh, homiladorlikning I va II trimestrlari.