Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
tuberkulyoz (faol shakli); qon aylanish tizimi kasalliklari (o‘tkir revmatik isitma, surunkali revmatik yurak kasalliklari, yurak ishemik kasalligi, miya qon tomirlari kasalliklari, arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarning kasalliklari, o‘pka yuragi va o‘pka qon aylanishining buzilishi, venalar, limfa tomirlari va limfa tugunlari kasalliklari, boshqa yurak kasalliklari); qon bosimining oshishi bilan ifodalanadigan kasalliklar; jigar kasalliklari (jigar fibrozi va sirrozi, jigar sklerozi, jigar toksik shikastlanishi, o‘tkir va subo‘tkir jigar yetishmovchiligi, surunkali jigar yetishmovchiligi); virusli gepatitlar (o‘tkir gepatit A, o‘tkir gepatit B, o‘tkir gepatit E, o‘tkir gepatit S, surunkali virusli gepatit); siydik-tanosil tizimi kasalliklari (glomerulyar kasalliklar, buyraklarning tubulointerstitsial kasalliklari); buyrak yetishmovchiligi (o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tubulyar nekroz bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir kortikal nekroz bilan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, medullyar nekroz bilan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, boshqa o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aniqlanmagan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi, surunkali buyrak yetishmovchiligining boshqa namoyonlari, aniqlanmagan surunkali buyrak yetishmovchiligi, aniqlanmagan buyrak yetishmovchiligi); shaxsiy anamnezda dori vositalariga, medikamentlarga va biologik moddalarga allergiya; hayz ko‘rish; anemiyalar (ovqatlanish bilan bog‘liq, ferment buzilishlari tufayli, aplastik va boshqa anemiyalar); 3 yoshgacha bo‘lgan yosh. Qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash maqsadida, shifokor (feldsher) vaktsina qo‘llaniladigan kunda bemorni so‘roq qilib, tana haroratini o‘lchab ko‘rib tekshiradi. Birinchi preparat buyurilishidan oldin (harorat 36,9°S dan yuqori bo‘lsa) vaktsinatsiya amalga oshirilmaydi. Keyingi kunlarda vaktsina dozalash tartibiga muvofiq buyurilishi lozim. Ehtiyotkorlik bilan: bolalarda gonoreya infektsiyasini diagnostika qilish va davolash zarur bo‘lganda, o‘tkir kasalliklar o‘tkazilgan hollarda, vaktsinani sog‘ayishdan kamida 4 hafta o‘tib kiritish mumkin; nafas olish tizimining yengil shakllari (rinit, tomoqning yengil gipermiyasi va boshqalar) holatida sog‘ayishdan 2 hafta o‘tib vaktsinani kiritish mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga vaktsina barqaror remissiya bosqichiga yetishgandan keyin (kamida 4 hafta o‘tib) kiritiladi.