Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Periferik asab tizimi kasalliklari (nevrit, polinevrit, polinevropatiya, poliradikulopatiya), bulbar falaj va parez. Markaziy asab tizimi (MAT) organik shikastlanishlari bilan bog‘liq harakat va/yoki kognitiv buzilishlar kuzatiladigan tiklanish davrida. Miasteniya, miastenik sindrom. Demiyelinizatsion kasalliklar (kompleks terapiya tarkibida). Altsgeymer kasalligi, Altsgeymer tipidagi senil demensiya. Markaziy asab tizimi funksional buzilishlari (xotiraning susayishi, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, motivatsiya, tashabbus kamayishi, dezorientatsiya, emotsional beqarorlik va boshqalar) ensefalopatiya (travmatik, tomir va boshqa genezli), miya qon aylanishi buzilishi, bosh miya shikasti, bolalarda o‘rganishda qiyinchiliklar bilan bog‘liq serebral disfunktsiyada. Tug‘ruq faoliyatining zaifligi. Ichak atoniyasi. Antixolinergik vositalar bilan zaharlanish.