Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Antigipertenziv preparatlar (vazodilatatorlar, tiazid diuretiklari, AAF ingibitorlari) bilan bir vaqtda qo'llanganda ularning antigipertenziv ta'siri o'zaro kuchayadi. Beta-adrenoblokatorlar, antiaritmik vositalar, inhalatsion narkoz uchun vositalar bilan birgalikda qo'llanganda bradikardiya, AV-blokada, og'ir arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi ortadi, chunki ularning sinoatriyal tugunning avtomatizmi va AV-o'tkazuvchanlikka, shuningdek, miokardning qisqaruvchanligi va o'tkazuvchanligiga tormozlovchi ta'siri o'zaro kuchayadi.
Beta-adrenoblokatorlarni yaqinda qabul qilgan bemorlarga verapamilni parenteral yuborilganda arterial gipotenziya va asistoliya xavfi mavjud. Nitratlar bilan bir vaqtda qo'llanganda verapamilning antianginal ta'siri kuchayadi. Aliskiren bilan bir vaqtda qo'llanganda uning plazmadagi konsentratsiyasi ortadi va nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshadi.
Amiodaron bilan bir vaqtda qo'llanganda, verapamilning salbiy inotrop ta'siri, bradikardiya, o'tkazuvchanlik buzilishi va AV-blokada kuchayadi. Verapamil CYP3A4 izofermentini ingibirlaydi, bu izoferment atorvastatin, lovastatin va simvastatin metabolizmida ishtirok etadi; natijada qon plazmasida statinlarning konsentratsiyasi oshishi mumkin va bu dorilarning o'zaro ta'siridan rabdomioliz holatlari kuzatilgan.
Asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanganda qon ketishi vaqti ortishi kuzatilgan, bu qo'shimcha antiagregant ta'sir bilan bog'liq. Buspiron bilan bir vaqtda qo'llanganda, plazmada buspironning konsentratsiyasi oshadi va uning terapevtik hamda nojo'ya ta'sirlari kuchayadi.
Verapamil va dantrolen (v/i) bir vaqtda qo'llanganda, hayvonlarda o'tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda o'lim bilan yakunlangan qorincha fibrillyatsiyasi kuzatilgan. Ushbu kombinatsiya potentsial xavfli hisoblanadi.
Digoksin bilan bir vaqtda qo'llanganda, qon plazmasida digoksinning konsentratsiyasi oshishi kuzatilgan. Disopiramid bilan bir vaqtda qo'llanganda, og'ir arterial gipotenziya va kollaps rivojlanishi mumkin, ayniqsa, kardiomiopatiya yoki dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda. Dorilar o'zaro ta'sirining og'ir shakllari rivojlanish xavfi salbiy inotrop ta'sirning kuchayishi bilan bog'liq.
Diklofenak bilan bir vaqtda qo'llanganda verapamilning plazmadagi konsentratsiyasi kamayadi; doksorubitsin bilan bir vaqtda qo'llanganda esa, plazmada doksorubitsinning konsentratsiyasi oshadi va uning samaradorligi kuchayadi. Imipramin bilan birga qo'llanganda, plazmada imipraminning konsentratsiyasi oshadi va EKGda nojo'ya o'zgarishlar rivojlanish xavfi paydo bo'ladi. Verapamil imipraminning klirensini kamaytirish orqali uning biokiraolishligini oshiradi. EKGdagi o'zgarishlar imipraminning plazmadagi konsentratsiyasining ortishi va verapamil va imipraminning AV-o'tkazuvchanlikka qo'shimcha tormozlovchi ta'siri bilan bog'liq.
Karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanganda, karbamazepinning ta'siri kuchayadi va uning jigar metabolizmining verapamil ta'sirida ingibitsiya qilinishi sababli markaziy asab tizimi (MAT)ga oid nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi ortadi. Klonidin bilan birga qo'llanganda, arterial gipertenziya bilan og'rigan bemorlarda yurak to'xtashi hollari qayd etilgan.
Verapamil CYP3A va P-glikoprotein substrati bo'lgan kolxisinning plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi. Litiyning karbonati bilan bir vaqtda qo'llanganda dori vositalarining o'zaro ta'siri noaniq va oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan tarzda namoyon bo'ladi. Litiyning ta'siri kuchayishi va neyrotoksiklik rivojlanishi, plazmadagi litiyning konsentratsiyasi kamayishi va og'ir bradikardiya hollari qayd etilgan.
Alfa-adrenoblokatorlar va kalsiy kanallari blokatorlarining vazodilatatsion ta'siri qo'shimcha yoki sinergik bo'lishi mumkin. Terazosin yoki prazosin va verapamilni bir vaqtda qo'llashda kuchli arterial gipotenziya rivojlanishi kuzatiladi, bu qisman farmakokinetik o'zaro ta'sir (terazosin va prazosinning Cmax va AUC ning oshishi) bilan bog'liq.
Rifampitsin bilan bir vaqtda qo'llanganda jigar fermentlarining faolligi induktsiyalanib, verapamilning metabolizmi tezlashadi, bu uning klinik samaradorligini pasayishiga olib keladi. Sertindol bilan bir vaqtda qo'llanganda, ayniqsa, “piruet” turidagi qorinchalardagi yurak ritmi buzilishi xavfi ortadi.
Teofillin bilan birga qo'llanganda, plazmada teofillinning konsentratsiyasi oshadi. Tubokurarin xloridi, vekuroniya xloridi bilan bir vaqtda qo'llanganda, miorelaksatsion ta'sir kuchayishi mumkin. Fenitoin va fenobarbital bilan bir vaqtda qo'llanganda, verapamilning plazmadagi konsentratsiyasi sezilarli darajada kamayishi mumkin.
Fluoksetin bilan bir vaqtda qo'llanganda, fluoksetinning verapamil metabolizmini sekinlashtirishi sababli verapamilning nojo'ya ta'sirlari kuchayadi. Xinin bilan birga qo'llanganda, xininning klirensi pasayadi, plazmadagi konsentratsiyasi ortadi va nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfi kuchayadi; arterial gipotenziya hollari kuzatilgan.
Verapamil siklosporinning jigar metabolizmini ingibirlaydi, bu uning chiqarilishini pasaytirib, plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi. Natijada immunosupressiv ta'sir kuchayadi, lekin nefrotoksiklik belgilari kamayadi. Simetidin bilan bir vaqtda qo'llanganda verapamilning ta'siri kuchayadi.
Enfluran bilan birga qo'llanganda, anesteziya muddati uzayishi mumkin. Etomidat bilan birga qo'llanganda, anesteziya davomiyligi ortadi.