Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Gipoglikemik ta'sirni sulfonamidlar (shu jumladan, peroral gipoglikemik preparatlar, sulfanilamidlar), MAO ingibitorlari (shu jumladan, furazolidon, prokarbazin, selegilin), karboangidraza ingibitorlari, AAF ingibitorlari, NSVVP (shu jumladan, salitsilatlar), anabolik steroidlar (shu jumladan, stanazolol, oksandrolon, metandrostenolon), androgenlar, bromokriptin, tetratsiklinlar, klofibrat, ketokonazol, mebendazol, teofillin, siklofosfamid, fenfluramin, litiy preparatlari, piridoksin, xinidin, xinin, xloroqinin, etanol kuchaytiradi. Gipoglikemik ta'sirni glyukagon, GKS, gistamin H1-retseptorlari blokatorlari, peroral kontratseptivlar, estrogenlar, tiazid va "halqali" diuretiklar, sekin kaltsiy kanallari blokatorlari, simpatomimetiklar, tireoid gormonlari, trisiklik antidepressantlar, geparin, somatropin, sulfinpirazon, danazol, diazoksid, morfin, marixuana, nikotin, fenitoin, epinefrin kamaytiradi. Beta-adrenoblokatorlar, rezerpin, oktreotid, pentamidin insulinning gipoglikemik ta'sirini ham kuchaytirishi, ham kamaytirishi mumkin. Beta-adrenoblokatorlar, klonidin, guanetidin yoki rezerpinni bir vaqtda qabul qilish gipoglikemiyaning simptomlarini yashirishi mumkin. Farmatsevtik jihatdan boshqa dori vositalari eritmalari bilan mos kelmaydi.