Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Koagulatsiya tizimidagi buzilishlarga bog'liq bo‘lgan gemorragik sindrom (gipoprotrombinemiya); K vitamini yetishmovchiligi (masalan, obstruktiv sariqlik, gepatit, jigar sirrozi, uzoq davom etgan diareya); jarohatlar, jarrohlik aralashuvlaridan keyingi qon ketishlar; disfunksional bachadon qon ketishlari, menorragiyalarni kompleks davolashda; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gemorragik kasallik (davolash va profilaktika); jigar parenximasidan kuchli qon ketishi mumkin bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida profilaktika. K vitamini antagonistlari (varfarin, fenindion, atsnekumarol) preparatlari dozasi oshib ketganida.