Qon hosil qilish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda - bosh aylanishi, charchash, bosh og'rig'i, paresteziya. Ko'rish organi tomonidan: noma'lum chastota - miopiya, ko'rishning noaniqligi, ko'rishning buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda - aritmiya, arterial gipotenziya; noma'lum chastota - "piruet" turidagi aritmiya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - qusish; kam hollarda - ko'ngil aynishi, qabziyat, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi; juda kam hollarda - pankreatit. Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan: juda kam hollarda - jigar funksiyasining buzilishi; noma'lum chastota - jigar etishmovchiligi holatida jigar ensefalopatiyasining rivojlanishi. Teri va osti-to'qimalar tomonidan: oshgan sezgirlilik reaktsiyalari, asosan dermatologik, allergik va astmatik reaktsiyalarga moyil bo'lgan bemorlarda. Tez-tez - makulo-papulyoz toshmalar; kam hollarda - purpura; juda kam hollarda - angionevrotik shish va/yoki krapivnitsa, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Jonson sindromi; noma'lum chastota - o'tkir sistemali qizil yugurukda kasallikning kechishi yomonlashishi, fotosensitivlik mumkin. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - buyrak etishmovchiligi. Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan: juda kam hollarda - giperkalsemiya; noma'lum chastota - EKGda QT intervalining uzayishi, giperurikemiya, qonning mochevina kislotasi va glyukoza kontsentratsiyasining ko'tarilishi, jigar transaminazalari faolligining oshishi, kaliyning pasayishi bilan gipokaliemiyaning rivojlanishi (xavf guruhlari uchun ayniqsa muhim), giponatremiya gipovolemiyasi bilan (bu dehidratsiyaga va ortostatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin), gipoxloremiya (bu ikkilamchi metabolik alkalozga olib kelishi mumkin).