Virazol turli xil RNK (arenaviruslar, buniaviruslar, retroviruslar, paramiksoviruslar va boshqalar) va DNK (adenoviruslar, gerpes virusi, sitomegalovirus va boshqalar) saqlovchi viruslarga qarshi keng spektrli faollikka ega. Preparat in vitro va in vivo sharoitlarida xavfli gemorragik isitmalarning virus replikatsiyasini bostiradi. Virazolning profilaktik va terapevtik faolligi maymunlarda arenaviruslar keltirib chiqaradigan gemorragik isitmalar (Lassa isitmasi, Boliviya gemorragik isitmasi) va buniaviruslar (Rift vodiysi isitmasi, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi), shuningdek, hantaviruslar keltirib chiqaradigan gemorragik isitma va buyrak sindromi va hantavirusli o‘pka sindromi uchun tajribalarda isbotlangan. Lassa, Machupo, Qrim-Kongo, Hanta, Seul, Puumala, Dobrava va Sin Nombre kabi turli arenavirus va buniavirus shtammlari, yovvoyi kemiruvchilardan va kasallangan odamlardan dunyoning turli geografik hududlarida olingan viruslar Virazolga yuqori sezgirlik ko‘rsatdi.
Virazol virus bilan zararlangan hujayralarga oson kirib boradi, bu yerda adenozinkinaza ta'sirida mono-, di- va trifosfat metabolitlarga fosforlanadi. Virazol uch xil mexanizm orqali antivirus ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, preparat hujayra ichidagi guanozin trifosfat miqdorini kamaytiradi va shuning natijasida viruslarning nuklein kislotalari sintezini bilvosita bostiradi. Ikkinchidan, Virazol RNK sintezini o‘zgartirib, virus transkripsiyasini buzishi mumkin. Nihoyat, Virazol virus polimerazasi faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ingibitsiya qiladi.
Virazol buyrak sindromi bilan kechadigan gemorragik isitmani davolashda kasallikning og‘irligini sezilarli darajada kamaytiradi: isitma, oliguriya, bel va qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i kabi simptomlarning davomiyligi qisqaradi. Mochevina va kreatininning yuqori ko‘rsatkichlarining kamayishi buyrak shikastlanishining darajasini kamayishini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, Virazol olgan bemorlarda gemorragik asoratlarning rivojlanish xavfi sezilarli darajada qisqaradi. Kasallikning klinik kechishining yengillashishi o‘lim hollari sonining sezilarli darajada (taxminan 7 marta) kamayishi bilan yakunlanadi.