Keksalar uchun fiziologik ehtiyojlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan o'simlik komponentlari bilan vitamin-mineral kompleksi. Preparat tarkibidagi lutein yoshga bog'liq ko'z kasalliklarining oldini olish uchun zarur; ginkgo biloba dorivor o‘simligi miya va periferik qon aylanishini yaxshilaydi, miyaning faoliyatini rag‘batlantiradi, xotira buzilishlarida samarali hisoblanadi.
Vitamin A - teri va ko‘z shilliq pardasi, nafas yo‘llari, ovqat hazm qilish trakti epiteliy hujayralarining faoliyatini normallashtiradi, aminokislotalar, uglevodlar almashinuvida va to‘qimalarda oqsil hosil bo‘lishida ishtirok etadi, organizmning himoya kuchlarini faollashtiradi.
Vitamin D - suyak to‘qimasining mineralizatsiyasida ishtirok etadi, kalsiy va fosfor metabolizmi orqali umumiy modda almashinuviga ta’sir qiladi.
Vitamin E - hujayra membranalarining barqarorligini saqlaydi, ularni buzilishdan himoya qiladi, kuchli tabiiy antioksidant hisoblanadi. Tananing to‘qimalarining qarishini sekinlashtiradi.
Vitamin C - almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, qon tomirlar devorini mustahkamlaydi, suyak va tog‘ay to‘qimasining regeneratsiya jarayoniga yordam beradi, endokrin bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi.
Vitamin B1 - markaziy va periferik asab tizimlari, yurak-tomir va endokrin tizimlari faoliyatini normallashtiradi; uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.
Vitamin B2 - energetik almashuv va biologik oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi, ko‘z to‘r pardasini ultrabinafsha nurlarning ortiqcha ta’siridan himoya qiladi, asab tizimi, teri va shilliq pardalarning faoliyatini yaxshilaydi.
Vitamin B6 - markaziy va periferik asab tizimlarining normal faoliyati uchun zarur.
Vitamin B12 - nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi, qon yaratish jarayonlariga ta’sir qiladi, asab tizimining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi; jigar yog‘ almashinuvida foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Biotin - almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, glyukoza, yog‘ kislotalari, steroid birikmalar va aminokislotalar sintezi reaksiyalarida muhim rol o‘ynaydi.
Foli kislotasi - qon yaratish jarayonlarida ishtirok etadi, jigar yog‘ almashinuvi, xolesterin va bir qator vitaminlar almashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nikotinamid - organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga soladi, hujayra nafas olish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi, yurak mushaklari metabolizmini yaxshilaydi, miokardning qisqarish qobiliyatini kuchaytiradi.
Pantoten kislotasi - yog‘ kislotalarining metabolizmida ishtirok etadi, lipid almashinuvi normallashtiradi, to‘qimalarning rivojlanishi va differensiallanishini ta’minlaydi.
Vitamin K - qon ivish jarayonida ishtirok etadi, qon tomirlari devorlarining barqarorligini oshiradi.
Kalsiy - suyak to'qimasini shakllantiradi va saqlab turadi, asab-mushak o'tkazuvchanligini, yurakning ritmik qisqarishlarini va qon tomirlarining tonusini ta'minlaydi. Temir metabolizmiga yordam beradi.
Mis - to‘qimalarga kislorod tashilishini ta'minlaydi, gemoglobin va eritrotsitlar shakllanishi uchun javob beradi, oqsillar va uglevodlarning o‘zlashtirilishini rag‘batlantiradi, organizmga kiruvchi temirni gemoglobinga aylantirish uchun zarur, qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilaydi.
Yod - qalqonsimon bez gormonlarining sintezini ta'minlaydi, barcha to'qimalar hujayralarining o'sishi va differensiallanishida, shuningdek, barcha metabolizm turlarida ishtirok etadi.
Temir - elektronlar va kislorod tashish uchun javob beradi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini ta'minlaydi, gemoglobin tarkibiga kiradi.
Magniy - suyak to'qimasi tuzilishini tiklaydi, organizmning himoya kuchlarini oshiradi, qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Fosfor - energiya uzatishda ishtirok etadi, DNK va RNK tarkibiga kiradi, uglevodlar almashinuvini tartibga soladi, vitamin D va kalsiy bilan birgalikda suyaklarni shakllantirishda ishtirok etadi.
Rux - insulin va boshqa gormonlar sintezini rag‘batlantiradi, markaziy asab tizimining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xrom - qondagi shakar miqdorini tartibga solishda ishtirok etadi.
Marganets - suyak va tog‘ay to‘qimasining shakllanishi va mineralizatsiyasiga yordam beradi, yog‘lar metabolizmi, xolesterin va nukleotidlar (DNK) sintezini tartibga soladi.
Molibden - purinlar almashinuvi va siydik kislotasi hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Kaliy - hujayralarga aminokislotalar va glyukoza tashilishini ta'minlaydi, asab impulslari o'tkazuvchanligi va mushaklarning qisqarishini (shu jumladan, yurak mushaklari) nazorat qiladi, qon bosimi barqarorligini ta'minlaydi.
Selen - antioksidant bo‘lib, organizmning himoya kuchlarini rag‘batlantiradi.
Qalay - temir almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlarning faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.
Nikel - to‘qimalardagi oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, uglevod va lipid almashinuvida ishtirok etadi.
Kremniy - suyak tizimini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Vanadiy - uglevod almashinuvi tartibga solinishida ishtirok etadi, glyukoza utilizatsiyasini rag‘batlantiradi, insulin faolligini oshiradi.
Ginkgo biloba - miyaning qon aylanishi va uni kislorod hamda glyukoza bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, kichik arteriyalarni kengaytiradi, tomirlarning tonusini oshiradi va tomirlarni qon bilan to‘ldirishni tartibga soladi.
Lutein - ko‘z to‘r pardasidagi distrofik jarayonlarni sekinlashtiradi, ultrabinafsha nurlarining zararli ta’sirini neytrallashtiradi.