Ganfort preparatining tizimli so‘rilishi minimal bo‘lib, birgalikda davolashda ham, preparat komponentlarini alohida qo‘llashda ham o‘zgarish kuzatilmagan. 12 oylik ikkita tadqiqot davomida hech bir faol moddada tizimli kumulyatsiya aniqlanmagan.
Bimatoprost In vitro tadqiqotlar bimatoprostning ko‘zning rang pardasi va sklerasiga kirishini ko‘rsatdi. 0,03% bimatoprost eritmasining kuniga bir marta ikkala ko‘zga tomizib qo‘llanishidan keyin (2 hafta davomida), plazmadagi Cmax 10 daqiqada erishiladi va 1,5 soat ichida plazmadagi konsentratsiyasi aniqlanish chegarasiga (0,025 ng/ml) pasayadi. Bimatoprostning Cmax va “konsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC0-24 soat) ning o‘rtacha qiymatlari 7 va 14-kunlarda bir-biriga yaqin bo‘lib, mos ravishda 0,08 ng/ml va 0,09 ng×soat/ml ni tashkil qilgan, bu bimatoprostning muvozanat holatidagi konsentratsiyasiga birinchi hafta ichida erishilishini ko‘rsatadi. Bimatoprost to‘qimalarda o‘rtacha darajada taqsimlanadi, tizimli taqsimlanish hajmi muvozanat holatida 0,67 l/kg ni tashkil qiladi. Bimatoprost asosan plazmada joylashadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 88% ni tashkil etadi. Bimatoprost oksidlanish, N-deetillanish va glyukuronlanish orqali turli metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi.
Bimatoprost asosan buyrak orqali chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarga vena ichiga yuborilgandan keyin preparatning taxminan 67% siydik bilan, 25% esa me’da-ichak traktidan chiqariladi. Bimatoprostning vena ichiga yuborilgandan keyingi T1/2 taxminan 45 daqiqani, umumiy klirensi esa 1,5 l/soat/kg ni tashkil etadi.
Qariyalardagi farmakokinetika: Bimatoprost kuniga ikki marta qo‘llanganda, qariyalarda AUC0-24 soat o‘rtacha qiymati 0,0634 ng×soat/ml ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich sog‘lom yosh odamlarnikidan sezilarli darajada yuqori (0,0218 ng×soat/ml). Shunga qaramay, bu farq klinik jihatdan ahamiyatli emas, chunki bimatoprostning qariyalarda va sog‘lom yosh odamlarda mahalliy qo‘llanishidagi tizimli ekspozitsiyasi juda past darajada qoladi. Tizimli aylanishda bimatoprost kumulyatsiyasi kuzatilmagan, xavfsizlik profili qariyalar va yosh odamlarda bir xil.
Timolol Kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolashdan o‘tgan bemorlarda 0,5% eritma tomizilgandan keyin 1 soatda timololning Cmax ko‘z ichidagi suyuqlikda 898 ng/ml ga teng bo‘lgan. Preparatning bir qismi tizimli qon aylanishiga tushadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Timololning T1/2 taxminan 4-6 soatni tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchragan timololning bir qismi me’da-ichak trakti orqali, boshqa qismi va metabolitlari esa buyraklar orqali chiqariladi. Timolol plazma oqsillari bilan oz miqdorda bog‘lanadi.