Yon ta'sirlarning chastotalari Xalqaro tibbiy ilmiy tashkilotlar kengashi (CIOMS) tasnifiga muvofiq aniqlangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha); kam hollarda (>1/1000 dan <1/100 gacha); noyob (>1/10000 dan <1/1000 gacha); juda noyob (<1/10000); chastota noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholanishi mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan: noyob hollarda - allergik reaktsiyalar (dori isitmasi, shok alomatlari).
Teri va ostki to'qimalar tomonidan: noyob hollarda - krapivnitsa, to'satdan qizarish.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: chastota noma'lum - mialgiya.
Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Aktovegin® preparati, unga o‘xshash preparatlar yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik; fruktoza intoleransi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik va emizish davrida.
Bolalarda foydalanish
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatma
Klinik ma'lumotlar: ARTEMIDA (NCT01582854) deb nomlangan ko‘p markazli randomizatsiyalangan, ikkita ko‘r-ko‘rona platsebo nazoratli tadqiqotda Aktovegin® preparatining 503 nafar ishemik insult bilan kasallangan bemorlarda kognitiv buzilishlarga nisbatan terapevtik ta'siri o‘rganildi. Tadqiqot guruhlarida og‘ir nojo‘ya hodisalar va o‘limning umumiy chastotasi bir xil bo‘ldi. Tadqiqotda ishtirok etgan bemorlar orasida takroriy ishemik insult holatlari kutilgan darajada kuzatildi, lekin platsebo guruhiga qaraganda Aktovegin® qabul qilgan guruhda bunday holatlar ko‘proq qayd etildi, ammo bu farq statistik jihatdan ahamiyatli emas edi. Takroriy insultlar va tadqiqot preparati o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmadi. Pediatriyada qo‘llanilishi: Hozirgi kunda Aktovegin® preparatini bolalar orasida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas, shuning uchun preparatni ushbu yosh guruhida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Aniqlanmagan.
Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Actovegin® preparatining dori vositalari bilan o'zaro ta'siri hozircha noma'lum.
Farmakologik ta'siri
Antigipoksant bo‘lib, metabolik, neyroprotektiv va mikrotsirkulyator ta’sirlarga ega. Aktovegin® kislorodni qabul qilish va utilizatsiyasini oshiradi; preparat tarkibidagi inozitol fosfooligosaxaridlar glyukoza transporti va utilizatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa hujayralarning energetik metabolizmi yaxshilanishiga va ishemiya sharoitida laktat hosil bo‘lishining kamayishiga olib keladi. Preparatning neyroprotektiv ta’sir mexanizmi bir necha yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Aktovegin® beta-amiloid (Aβ25-35) tomonidan induktsiyalangan apoptozning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Aktovegin® markaziy va periferik asab tizimidagi apoptoz va yallig‘lanish jarayonlarini tartibga soluvchi NF-kB yadro omili faolligini modulyatsiya qiladi. Yana bir mexanizm poli(ADF-riboza)-polimeraza (PARP) yadro fermenti bilan bog‘liq. PARP bir zanjirli DNKning shikastlanishini aniqlash va tuzatishda muhim rol o‘ynaydi, lekin fermentning haddan tashqari faollashuvi miya qon-tomir kasalliklari va diabetik polinevropatiya kabi holatlarda hujayra o‘limi jarayonlarini boshlashi mumkin. Aktovegin® PARP faolligini tormozlaydi, bu markaziy va periferik asab tizimining funksional va morfologik holatini yaxshilaydi. **Aktovegin®**ning mikrotsirkulyatsiya va endoteliy jarayonlariga ta’siri kapillyar qon oqimi tezligini oshirish, perikapillyar zonani qisqartirish, prekapiłlyar arteriolalar va kapillyar sfinkterlarning miogen tonusini pasaytirish orqali amalga oshiriladi. Tadqiqotlar natijasida Aktovegin® ta’siri qabul qilingandan keyin 30 daqiqadan kech bo‘lmagan vaqtda boshlanishi aniqlangan. Maksimal ta’sir parenteral qo‘llashdan keyin 3 soat, peroral qo‘llashdan keyin 2-6 soat ichida kuzatiladi.
Farmakokinetika
Actovegin® preparati faqat odatda organizmda mavjud bo‘lgan fiziologik komponentlardan iborat bo‘lgani sababli uning farmakokinetik parametrlarini farmakokinetik usullar bilan o‘rganishning iloji yo‘q.
Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Dozalash tartibi
Preparat ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi, tabletkalarni chaynash kerak emas, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi.
O‘tkir ishemik insultda (5-7 kundan boshlab): kuniga 2000 mg vena ichiga tomchilab 20 ta infuziya qilinadi, keyin tabletka shakliga o‘tish — kuniga 3 marta 2 tabletka (1200 mg/sutka). Davolash muddati — 6 oy.
Demensiyada: kuniga 3 marta 2 tabletka (1200 mg/sutka). Davolash muddati — 20 hafta.
Periferik qon aylanishining buzilishi va uning oqibatlarida: kuniga 3 marta 1-2 tabletka (600-1200 mg/sutka). Davolash muddati — 4-6 hafta.
Diabetik polinevropatiyada: kuniga 2000 mg vena ichiga tomchilab 20 infuziya, so‘ngra tabletka shakliga o‘tish — kuniga 3 marta 3 tabletka (1800 mg/sutka). Davolash muddati — 4-5 oy.
Homilalik davrida foydalanish
Homiladorlik va emizish davrida Актovegin® faqat terapevtik foyda homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ortiq bo‘lgan hollarda qo‘llanilishi kerak.
Jigar disfunktsiyasi uchun foydalanish
Buyrak etishmovchiligi uchun foydalanish
Sotish shartlari
Preparat retsept bo‘yicha beriladi.
Dozani oshirib yuborish
Aktovegin® preparati doza oshishi tavsiya etilgan inson dozasidan 30-40 baravar oshganida ham toksik ta’sir ko‘rsatmasligi klinikadan oldingi tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Aktovegin® bilan doza oshishi holatlari qayd etilmagan.
Saqlash shartlari
Preparatni bolalar ololmaydigan, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 15-25°C haroratda saqlash kerak.
Preparat ko‘rsatmalar
Kompleks terapiya tarkibida: kognitiv buzilishlar, shu jumladan insultdan keyingi kognitiv buzilishlar va demensiya; periferik qon aylanishining buzilishlari va ularning asoratlari; diabetik polinevropatiya.
Keksa bemorlarda foydalanish
Preparat amal qilish muddati
Yaroqlik muddati - 2 yil. Yaroqlik muddati tugagandan keyin ishlatmaslik.
Mahsulot saqlash shartlari
Mahsulot amal qilish muddati
Yangilandi: 2025-03-04
×
18+
DIQQAT!
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish
to‘g‘risida” 08.09.2017 yildagi qonuniga muvofiq:
bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu
jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib
qilishga undaydigan;
bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda
faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda
ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari
bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;
odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki
oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;
oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning
boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan;
uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;
pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan;
g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, shu jumladan bunday bolaning
familiyasi, ismi, otasining ismi, uning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto- va videotasvirlari,
bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi,
o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon
beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsuloti bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan
axborot mahsulotlari jumlasiga kiradi.
Shunga ko‘ra, davo.uz saytida e’lon qilinayotgan ayrim axborot (xabar, ma’lumot, maqola)lar bolalar uchun
taqiqlangan axborot mahsuloti hisoblanadi va 18 yoshga to‘lmagan shaxslar undan foydalanishi taqiqlanadi.