Nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish tez-tezligi quyidagicha belgilangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (<1/10, >1/100), tez-tez bo'lmagan (<1/100, >1/1000), kamdan-kam (<1/1000, >1/10 000), juda kamdan-kam (<1/10 000). Mahalliy teri reaktsiyalari: juda tez-tez - kremni surtish joyida qichishish va og'riq; tez-tez - infektsiya, eritema, eroziya, ekskoriatsiya/qo'zg'alish va shish; tez-tez bo'lmagan - teri qichishi, dermatit, follikulit, eritematoz toshma, ekzema, eshakemi; kamdan-kam - induratsiya, yara paydo bo'lishi, qobiq va pufakchalar paydo bo'lishi, mahalliy gipopigmentatsiya va gipergigmentatsiya. Markaziy asab tizimi va periferik asab tizimi tomondan: tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi; tez-tez bo'lmagan - uyqusizlik, depressiya, asabiylik, paresteziya, migren, uyquchanlik, quloqlarda shovqin. Hazm qilish tizimi tomondan: tez-tez - ko'ngil aynishi; tez-tez bo'lmagan - qorin og'rig'i, diareya, qusish, anoreksiya, anus sohasida og'riq, to'g'ri ichak shikastlanishi. Jinsiy tizim tomondan: tez-tez bo'lmagan - zamburug' va bakterial infektsiya, oddiy gerpes, vaginit, vulvit, og'riqli jinsiy aloqa, jinsiy olat va qin sohasida og'riq, atrofik vaginit. Qon hosil qiluvchi tizim tomondan: juda kamdan-kam - gemoglobin darajasining pasayishi, leyopeniya, mutlaq neyropeniya va trombotsitopeniya. Muskulli-skelet tizimi tomondan: tez-tez bo'lmagan - bel og'rig'i, artralgia. Nafas olish tizimi tomondan: tez-tez bo'lmagan - faringit, rinit. Organizm tomondan umumiy: tez-tez - infektsiya, mialgiya, isitma, grippga o'xshash simptomlar, charchoq; tez-tez bo'lmagan - ortiqcha terlash, limfadenopatiya. Mahalliy nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganida kremni olib tashlash kerak, uni sovun va suv bilan yuvib tashlash kerak. Teri reaktsiyasi yo'qolgandan keyin davolashni qayta boshlash mumkin.