Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Qon ketishlar, qon ivish jarayonlarining buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar, bosh miya ichiga qon quyilishi gumoni, bosh miya tomirlarining anevrizmasi, gemorragik insult, aorta yorilish anevrizmasi, antifosfolipid sindromi, yomon sifatli arterial gipertenziya, subo‘tkir bakterial endokardit, me’da-ichak tizimining eroziya-yarali shikastlanishlari, jigar parenximasining og‘ir shikastlanishi, jigar sirrozi bilan birga qizilo‘ngach varikoz kengayishi, jigar yomon sifatli o‘smalari, shok holatlari, yaqinda o‘tkazilgan ko‘z, miya, prostata bezi, jigar va o't yo‘llaridagi jarrohlik amaliyotlari, orqa miya punksiyasidan keyingi holat, hayz ko‘rish, xavfli tushish, tug‘ruq (shu jumladan, yaqinda o‘tkazilgan), geparinga yuqori sezuvchanlik.