Ademetionin gepatoprotektorlar guruhiga kiradi. Xoleretik ta'sir ko'rsatadi, detoksikatsiyalovchi, regeneratsiyalovchi, antioksidant, antifibrozlovchi va neyroprotektiv xususiyatlarga ega. Ademetionin (S-adenozil-L-metionin) tabiiy kelib chiqadigan aminokislota bo'lib, organizmdagi deyarli barcha to'qimalar va biologik suyuqliklarda mavjud. Ademetioninning eng yuqori konsentratsiyasi jigarda va miyada aniqlangan. Ademetionin oltingugurtli aminokislota bo'lgan metioninning hosilasidir va organizmdagi metabolik jarayonlarda muhim rol o'ynaydi, muhim biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi.
Ademetionin hujayra membranalari fosfolipidlari, neyrotransmitterlar, nuklein kislotalar, oqsillar, gormonlar va boshqa moddalar sintezida ishtirok etadi. U sistenin, taurin, glutationning (hujayraning oksidlanish-qayta tiklanish detoksikatsiya mexanizmini ta’minlaydigan) va koenzim A ning kashshofi bo‘lib, hujayra energiya salohiyatini tiklaydi. Jigardagi glutamin, plazmadagi sistenin va taurinning miqdorini oshiradi; metioninning zardobdagi miqdorini kamaytiradi, bu esa jigardagi metabolik reaktsiyalarni normallashtiradi. Ademetionin jigar hujayralari regeneratsiyasi va proliferatsiyasini rag‘batlantiradi, bu esa fibrozlanish xavfini kamaytiradi.
Ademetionin endogen fosfatidilxolinning gepatotsitlarda sintezini normallashtiradi, bu esa membranalarning oqimini va qutblanishini oshiradi, natijada gepatotsitlarning membranalar bilan bog‘liq safro kislotalarini tashish tizimlari funksiyasini yaxshilaydi va safro kislotalarining o‘t yo‘llariga o‘tishini osonlashtiradi. Intradolakulyar xolestaz (safroning sintezi va oqimi buzilishi) holatida samarali. Ademetionin jigar hujayralarida safro kislotalarining toksikligini kamaytiradi.
Tarqalgan jigar kasalliklari (sirroz, gepatit) bo'lgan bemorlarda ademetionin teridagi qichishishning og'irligini kamaytiradi va qon biokimyoviy ko'rsatkichlarini, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilirubin kontsentratsiyasini, ishqoriy fosfataza (ShF), aminotransferazalar va boshqa ko'rsatkichlarni yaxshilaydi. Safro chiqaruvchi va gepatoprotektiv ta'sir davolash to'xtatilgandan keyin 3 oygacha saqlanadi. U turli gepatotoksik preparatlar bilan bog'liq gepatopatiyalarda samaradorligini ko'rsatdi. Bir qator tadqiqotlarda ademetioninning surunkali jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda charchoqlikni davolashda samaradorligi tasdiqlandi.