Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Gepasol-Neo komponentlarining teofillin bilan o‘zaro ta’siri haqida in vivo ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu klirensning oshishiga olib keladi. Ko‘plab in vitro o‘zaro ta’sir ma’lumotlari mavjud, shuning uchun Gepasol-Neo eritmasiga boshqa dori vositalarini qo‘shish tavsiya etilmaydi.
Farmatsevtik o‘zaro ta’sir: Gepasol-Neo eritmasi antibiotiklar (amikatsin, ampisillin, tsefotaksim, tseftriakson, doksisiklin, eritromitsin, gentamitsin, xloramfenikol, klindamitsin, netilmisin, penitsillin, piperatsillin, tetratsiklin, tobramitsin va vankomitsin) bilan, shuningdek, aminofillin, siklofosfamid, simetidin, sitarabin, digoksin, dopamin, famotidin, fitomenadion, ftorurasil, foliy kislotasi, furosemid, geparin, xlorpromazin, insulin, kalsiy glyukonat, lidokain, metildopa, metilprednizolon, metoklopramid, metotreksat, morfin, nizatidin, norepinefrin, propranolol, ranitidin va riboflavin bilan mos keladi.