GKS (glyukokortikosteroidlar) ni bo'g'im ichiga yuborishda bo'g'imda yallig'lanish reaksiyasi xavfi ortadi. Bakterial infeksiya rivojlanishining oldini olish uchun preparatni bo'g'im ichiga kiritish aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak. GKS bilan davolanish (ayniqsa, yuqori dozalarda) davomida nevrologik asoratlar va antikor ishlab chiqarishning susayishi xavfi tufayli emlashdan saqlanish kerak. Davolanish paytida immun javob va infeksiyani lokalizatsiya qilish qobiliyati buzilishi mumkin. Gidrokortizonni standart yoki yuqori dozada qo'llash qon bosimining oshishiga, suv va tuzlarning ushlanishiga, shuningdek, kaliyning chiqarilishini ko'paytirishi mumkin. GKS kalsiyning chiqarilishini oshiradi. Kuchaygan katabolizm va osteoporoz rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun asosiy terapiya (kalsiy preparatlari, D vitamini) yoki bisfosfonatlar yoki anabolik preparatlar buyurilishi mumkin. Latent tuberkulyozda gidrokortizon faqat tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan kombinatsiyada qo'llanishi kerak. Tizimli infeksiya rivojlanganda gidrokortizon faqat maxsus (masalan, antibakterial) terapiya bilan birgalikda qo'llanishi kerak. GKS, shu jumladan gidrokortizon, qondagi glyukoza darajasini oshirishi, mavjud diabetni yomonlashtirishi yoki uzoq muddatli qo'llashda diabet rivojlanishiga moyillikni oshirishi mumkin. GKS qo'llanganda peroral gipoglikemik preparatlar va antikoagulyantlar dozasini to'g'irlash tavsiya etiladi. Diuretiklar bilan kombinatsiyada qo'llanganda elektrolit muvozanatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. GKS bilan uzoq muddatli davolanishda gipokalemiyani oldini olish uchun kaliy preparatlarini terapiyaga qo'shish maqsadga muvofiqdir. CYP3A izofermenti ingibitorlari, shu jumladan, kobicistat saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tizimli nojo'ya reaksiyalar xavfini oshiradi. Ushbu preparatlar kombinatsiyasidan saqlanish kerak, faqat preparatning mumkin bo'lgan foydasi GKS ning tizimli nojo'ya reaktsiyalari xavfidan ustun bo'lgan hollarda bundan mustasno. Bunday hollarda tizimli nojo'ya reaksiyalarini aniqlash uchun bemorni diqqat bilan kuzatish kerak.
Ko'rish qobiliyatining buzilishi: GKS ni tizimli va mahalliy qo'llashda ko'rish qobiliyatining buzilishi kuzatilishi mumkin. Agar bemorda ko'rish qobiliyatining xiralashuvi yoki boshqa ko'rish buzilishlari kabi simptomlar paydo bo'lsa, bemorni ko'rish qobiliyatining mumkin bo'lgan sabablarini aniqlash uchun, jumladan, katarakta, glaukoma yoki kam uchraydigan markaziy seroz koryoretinopatiya (MSCR) kabi kasalliklarni aniqlash uchun oftalmologga yuborish kerak. Davolash davomida qon bosimi, siydik va najasni yashirin qon ketish bo‘yicha muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Keksa bemorlarda nojo'ya reaktsiyalar tez-tez uchraydi.
Pediatriyada qo'llanilishi: GKS qabul qilgan bolalar va o'smirlarda o'sish sur'ati sekinlashadi. Preparatni eng kam samarali terapevtik dozalarda va imkon qadar qisqa kurs bilan buyurish tavsiya etiladi. GKS dozasini asta-sekin kamaytirish, hatto preparatni to'liq bekor qilishgacha amalga oshirish kerak.
Yordamchi moddalar: Gidrokortizon-Richter, bo'g'im ichiga va bo'g'im atrofiga yuboriladigan suspenziya, parahidroksibenzoatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu moddalar allergik reaksiyalarni (ehtimol, kechiktirilgan) va kamdan-kam hollarda bronxospazmni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu dori vositasi bitta dozasida 30,48 mg natriy o'z ichiga oladi. Ushbu fakt natriy miqdori cheklangan dietada bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llashda e'tiborga olinishi kerak.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri: Gidrokortizon-Richter, bo'g'im ichiga va bo'g'im atrofiga yuboriladigan suspenziya, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.