Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
GEK ga yuqori sezuvchanlik; kuyishlar, sepsis, ichki bosh miya bosimi, arterial gipertenziya, davom etayotgan ichki bosh miya yoki miya ichidagi qon ketish, surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak faoliyatini o‘rnini bosuvchi terapiya, og‘ir jigar yetishmovchiligi, o‘pka shishi, organ ko‘chirib o‘tkazishdan keyingi holat, gipergidratatsiya, gipervolumiya, suvsizlanish, og‘ir koagulyopatiya, og‘ir gipernatriemiya yoki og‘ir giperxloremiya, gipokaliemiya, gemodializ; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi; homiladorlikning birinchi trimestri. Yurakni ochiq operatsiya qilishda sun’iy qon aylanish sharoitida qo‘llash mumkin emas. Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida yotuvchi bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: kompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, surunkali jigar kasalliklari, qon ivishining buzilishlari, Villebrand kasalligi, gemorragik diatez, gipofibrinogenemiya, jarrohlik aralashuvi yoki travma mavjudligi, keksa yosh, homiladorlikning II-III trimestrlari; emizish davri.