Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Abirateron asetatining prednizon bilan birgalikda qabul qilinishi va dekstrometorfan (CYP2D6 substrati) bilan bir vaqtda qabul qilinishining ta'siri o'rganilgan tadqiqotda, dekstrometorfan AUCsi taxminan 200% ga oshgan. AUC24 dekstrofan, dekstrometorfan faol metaboliti, taxminan 33% ga oshgan. Abirateronni CYP2D6 ishtirokida metabolizatsiya qiluvchi dori vositalari, ayniqsa tor terapevtik indeksli dori vositalari bilan oladigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi. Bunday hollarda dekstrometorfan, metoprolol, propranolol, dezipramin, venlafaksin, galoperidol, risperidon, propafenon, flekainid, kodein, oksikodon va tramadol kabi dori vositalarining dozasini kamaytirish mumkinligini ko'rib chiqish kerak. In vitro ma'lumotlariga ko'ra, abirateron CYP3A4 izofermentining substrati hisoblanadi. CYP3A4 izofermentining kuchli inhibitorlari (ketokonazol, itrakonazol, klaritromitsin, atazanavir, nefazodon, sakvinavir, telitromitsin, ritonavir, indinavir, nelfinavir, vorikonazol) va induktorlari (fenitoin, karbamazepin, rifampitsin, rifabutin, rifapentin, fenobarbital) bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlik talab etiladi.