Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Glibenklamidning gipoglikemik ta'siri beta-adrenoblokatorlar, anabolik vositalar, allopurinol, simetidin, klofibrat, siklofosfamid, izobarin, MAO ingibitorlari, uzoq muddatli ta'sirga ega sulfonamidlar, salitsilatlar, xloramfenikol, tetratsiklinlar, etanol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganda kuchayishi mumkin. Glibenklamid ta'sirining susayishi va giperglikemiya rivojlanishi barbituratlar, xlorpromazin, fenotiazinlar, fenitoin, diazoksid, atsetazolamid, glyukokortikoidlar, simpatomimetik vositalar, glyukagon, indometasin, yuqori dozalarda nikotin kislotasi, og'zaki kontratseptivlar va estrogenlar, saluretiklar, qalqonsimon bez gormonlari, litiy tuzlari, yuqori dozalarda surgi vositalari bilan bir vaqtda qo'llanganda yuzaga kelishi mumkin.