Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ayrim hollarda - arterial gipertenziya, bradikardiya.
Hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik hodisalar (shu jumladan ko'ngil aynishi, qusish), diareya, qonda transaminazlar faolligining o'tkinchi oshishi; kamdan-kam hollarda - gepatit; ayrim hollarda - stomatit, jigar funksiyasining buzilishi (transaminazlar va SHF faolligining o'tkinchi oshishi), steatoreya.
Markaziy asab tizimi va periferik asab tizimi tomonidan: ayrim hollarda - zaiflik, ortiqcha charchash, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, depressiya, koma, parezlar, paresteziyalar, tutqanoqlar, neyropatiyalar, ko'rishning buzilishi, katarakta, ko'z nervi papillasining o'zgarishi, ta'm sezishning buzilishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - trombotsitopeniya, agranulotsitoz va aplastik kamqonlik, leykopeniya (bubuyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda ko'proq ehtimol).
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - interstitsial nefrit; ayrim hollarda - shishlar, uremiya, gematuriya.
Endokrin tizimi tomonidan: ayrim hollarda - bepushtlik, impotensiya, ginekomaсtiya, qandli diabet.
Modda almashinuvi tomonidan: ayrim hollarda - giperlipidemiya.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, giperemiya, qichishish; ayrim hollarda - angioimmunoblastik limfadenopatiya, artralgiyalar, isitma, eozinofiliya, Shtivens-Jonson sindromi, Layell sindromi.
Dermatologik reaksiyalar: ayrim hollarda - furunkulyoz, alopetsiya, soch rangining o'zgarishi.