Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Glimepiridning gipoglikemik ta'siri insulinni yoki boshqa gipoglikemik preparatlar, APF ingibitorlari, allopurinol, anabolik steroidlar va erkak jinsiy gormonlari, xloramfenikol, kumarin hosilalari, siklofosfamid, dizopiramid, fenfluramin, feniramidol, fibratlar, fluoksetin, guanetidin, izofosfamidlar, MAO ingibitorlari, mikonazol, PASQ, pentoksifillin (yuqori dozada inʼyektsiya yo'li bilan kiritilganda), fenilbutazon, azapropazon, oksifenbutazon, probenetsid, xinolonlar, salitsilatlar, sulfinpirazon, sulfanilamidlar, tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qo'llanganda kuchayishi mumkin. Glimepiridning gipoglikemik ta'siri atsetazolamid, barbituratlar, kortikosteroidlar, diazoksid, diuretiklar, epinefrin (adrenalin) va boshqa simpatomimetiklar, glyukagon, surgi vositalari (uzoq muddat qo'llanganda), nikotin kislotasi (yuqori dozada), estrogenlar va progestogenlar, fenotiazin, fenitoin, rifampitsin, qalqonsimon bez gormonlari bilan bir vaqtda qo'llanganda susayishi mumkin. Glimepirid bilan bir vaqtda qo'llanganda gistamin H2-retseptorlari blokatorlari, klonidin va rezerpin gipoglikemik ta'sirni kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Glimepirid qo'llanishi fonida kumarin hosilalarining ta'siri kuchayishi yoki susayishi mumkin. Etanol glimepiridning gipoglikemik ta'sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.