Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Qarama-qarshi kombinatsiyalar
Yod saqlovchi rentgen kontrast vositalari: qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida yod saqlovchi rentgen kontrast vositalari bilan radiologik tadqiqotlar laktat-atsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Metformin bilan davolashni buyrak funksiyasiga qarab, yod saqlovchi rentgen kontrast vositalari bilan radiologik tadqiqotlardan 48 soat oldin to'xtatish kerak yoki tadqiqot davrida va buyrak funksiyasi normal ekanligi tasdiqlanganidan keyin 48 soat o’tgach qayta boshlash kerak.
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
Alkogol: o’tkir alkogol intoksikatsiyasi laktat-atsidoz rivojlanish xavfini oshiradi, ayniqsa quyidagi holatlarda:
yetarli ovqatlanmaslik, past kaloriyali dieta
jigar yetishmovchiligi.
Preparatni qabul qilish davrida alkogol va etanol saqlovchi dorilarni qabul qilishdan saqlanish kerak.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar
Danazol: danazolning giperglikemik ta'siridan qochish uchun uni metformin bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar danazol bilan davolash zarur bo'lsa, qondagi glyukoza kontsentratsiyasini nazorat qilish ostida metformin dozasini moslashtirish kerak.
Xlorpromazin: yuqori dozalarda (sutkada 100 mg dan ortiq) qabul qilinsa, qondagi glyukoza kontsentratsiyasini oshiradi, insulin ajralishini kamaytiradi. Neyroleptiklar bilan davolash va ularni bekor qilgandan keyin, qondagi glyukoza kontsentratsiyasini nazorat qilish ostida metformin dozasini moslashtirish kerak.
Glyukokortikosteroidlar (GKS): tizimli va mahalliy qo'llash uchun (suyak ichi, teri ustiga, rektal) glyukoza toqatini kamaytiradi, qondagi glyukoza darajasini oshiradi va ba'zan ketoatsidozni keltirib chiqaradi. GKS bilan davolash paytida va uni bekor qilgandan keyin metformin dozasini glyukoza darajasi nazorati ostida moslashtirish kerak.
Diuretiklar: "halqa" diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilish buyrak yetishmovchiligi tufayli laktat-atsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Agar kreatinin klirensi 60 ml/dak dan past bo'lsa, metformin buyurilmasligi kerak.
In'yektsiya shaklida beriladigan beta2-adrenomimetiklar β2-adrenoretseptorlarni stimulyatsiya qilish natijasida qondagi glyukoza kontsentratsiyasini oshiradi. Bu holda qondagi glyukoza kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Zarur bo'lsa, insulin buyurilishi tavsiya etiladi.
Yuqorida sanab o'tilgan dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanganda, ayniqsa, davolashning boshida qondagi glyukoza darajasini ko'proq nazorat qilish kerak. Zarur bo'lganda, metformin dozasini davolash paytida va undan keyin moslashtirish mumkin.
APF ingibitorlaridan tashqari gipotenziya dori vositalari qondagi glyukoza kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin. Zarur bo'lsa, metformin dozasini moslashtirish kerak.
Metformin sulfonilmochevina hosilalari, insulin, akarbosa, salitsilatlar bilan bir vaqtda qo'llanganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Nifedipin metformin so'rilishini va uning Cmax ni oshiradi.
Kationli dori vositalari (amilorid, digoksin, morfin, prokainamid, xinidin, xinin, ranitidin, triamteren, trimetoprim va vankomitsin) buyrak kanallari orqali metformin bilan transport tizimlari uchun raqobatlashadi va metforminning Cmax ni oshirishi mumkin.