Polivitamin. Farmakologik ta'siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. B guruh vitaminlari kompleksi uglevodlar, yog'lar va oqsillar metabolizmini tartibga soluvchi fermentlarning tarkibiy qismi bo'lib, polivitaminli va metabolik ta'sir ko'rsatadi.
Retinol (vitamin A) - turli moddalar (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) sintezida ishtirok etib, avvalo, teri, shilliq qavatlar va ko'rish organining normal funksiyasini ta'minlaydi.
α-Tokoferol (vitamin E) - dori vositalarining tabiiy antioksidanti hisoblanadi. Oqsillar va gemoglobin sintezida, hujayralarning o'sish jarayonlarida, skelet mushaklari, yurak va qon tomirlari, jinsiy bezlar funksiyalarida ishtirok etadi.
Tiamin (vitamin B1) - barcha to'qimalarda va markaziy asab tizimining o'zida nerv impulsi uzatilishi uchun zarur bo'lgan omil bo'lib, koenzim sifatida uglevod almashinuviga ishtirok etadi.
Riboflavin (vitamin B2) - hujayra nafas olish jarayonlari va endogen moddalar va ksenobiotiklarning peroksid oksidlanishi, glyukuronatsiyalanishini katalizlaydi.
Piridoksin (vitamin B6) - koenzim sifatida aminokislotalar va oqsillar metabolizmida, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.
Sianokobalamin (vitamin B12) - foliy kislotasi bilan birgalikda nukleotidlar sintezida, eritrotsitlar va nerv tolalari hujayralarining shakllanishida ishtirok etadi, organizm o‘sishi uchun zarurdir.
Foliy kislotasi (vitamin Bc, B9) - organizmda tetrogidrofoliy kislotasiga qaytarilib, ko‘plab metabolik jarayonlarda ishtirok etuvchi koferment hisoblanadi. Megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlarning hosil bo‘lishi uchun zarurdir. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan, metionin, serin), nuklein kislotalari, purinlar va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuviga ishtirok etadi.
Askorbin kislotasi (vitamin C) - biologik faol moddalar qatorining oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qima komponentlarini tartibga solishda, uglevod almashinuvida, qon ivishi va to‘qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlar sintezini rag‘batlantiradi, kapillyarlarning o'tkazuvchanligini normallashtiradi.
Nikotinamid (vitamin PP) - to‘qima nafas olish jarayonlari, yog‘ va uglevod almashinuvini, ksenobiotiklar metabolizmi tizimini barqarorlashtiradi.
Rutin (rutozid) - askorbin kislotasi bilan birgalikda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, antioksidant xususiyatlarga ega, askorbin kislotasining oksidlanishini oldini oladi va uni to‘qimalarda saqlanishiga yordam beradi.
Metionin - organizmning o'sishi va azot muvozanatini saqlash uchun zarur bo‘lgan almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota. Metil guruhini o‘z ichiga oladi, bu qaytarmetillanish jarayonida ishtirok etadi va xolin sintezida zarur hisoblanadi. Shuning hisobiga fosfolipidlarning yog‘larga aylanishini normallashtiradi va jigarda neytral yog‘larning to‘planishini kamaytiradi. Oltingugurtli aminokislotalar almashinuviga, epinefrin, kreatinin va boshqa biologik faol moddalar sinteziga ishtirok etadi, gormonlar, vitaminlar (B12, askorbin, foliy kislotasi), fermentlar, oqsillar ta'sirini faollashtiradi, qaytarmetillanish, deaminatsiya va dekarboksilanish reaksiyalariga ishtirok etadi. Ksenobiotiklarning detoksifikatsiyasi uchun zarur. Aterosklerozda xolesterin kontsentratsiyasini kamaytiradi va qon fosfolipidlarini oshiradi.