Asab tizimi tomonidan: qo'zg'alish, tashvish, titroq, bezovtalik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tutqanoqlar, ekstremitalarda paresteziya, reflekslarning kuchayishi, taxipnoe, uyqusizlik; to'satdan bekor qilinganda - markaziy asab tizimining bostirilishi kuchayishi, yuqori charchoq, uyquchanlik. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini sezish, taxikardiya, kardialgiya, qon bosimining oshishi. Hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya. Allergik reaktsiyalar: shishlar, teri qichishishi. Boshqa: uzoq muddat qo'llanganda - odatlanish, dori vositasiga qaramlik, oyoqlarda zaiflik, miyalgiya, Lerish sindromi (keskin sianoz, pastki ekstremitalarda pulsning yo'qligi, og'riq, distal turdagi sezuvchanlikning buzilishi).