GKSlarnı faqat simptomatik davolash uchun qo‘llash lozim, ayrim endokrin buzilishlardan tashqari, ular o‘rnini bosuvchi terapiya sifatida ishlatiladigan hollarda. A. V/M QO‘LLANISH Metilprednizolon asetati (DEPO-MEDROL®) hayot uchun xavfli bo‘lgan keskin holatlarni davolashda qo‘llanilmaydi. Maksimal intensivlikda tez gormonal ta’sir zarur bo‘lsa, yaxshi eruvchan metilprednizolon natriy suktsinati (SOLU-MEDROL®) V/V tayinlanadi. Agar GKS ni peroral qo‘llash imkoni bo‘lmasa, quyidagi kasalliklar uchun preparatning V/M qo‘llanilishi ko‘rsatiladi:
1. Endokrin kasalliklar:
o birlamchi va ikkilamchi buyrak usti yetishmovchiligi (tanlov preparatlari - gidrokortizon yoki kortizon; zarur bo‘lsa, mineralokortikoidlar bilan birgalikda, ayniqsa pediatriya amaliyotida);
o o‘tkir buyrak usti yetishmovchiligi (tanlov preparatlari - gidrokortizon yoki kortizon; mineralokortikoidlarni qo‘shish zarurati paydo bo‘lishi mumkin);
o tug‘ma buyrak usti giperplaziyasi;
o onkologik kasallik fonida giperkaltsiemiya;
o subakut tireoidit.
2. Revmatik kasalliklar:
o yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi (qo‘llab-quvvatlovchi davolash uchun: nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar, kinezioterapiya, fizioterapiya va boshqalar) va qisqa muddatli qo‘llash uchun (bemorni o‘tkir holatdan chiqarish yoki jarayon kuchayganida) quyidagi kasalliklarda: psoriatik artrit, ankilozlovchi spondilit.
o Quyidagi kasalliklarda preparatni imkon qadar in situ qo‘llash kerak: travmadan keyingi osteoartrit, osteoartritdagi sinovit, revmatoid artrit, jumladan, juvenil revmatoid artrit (ayrim hollarda kam dozalarda qo‘llab-quvvatlovchi davolash talab qilinishi mumkin); o‘tkir va subakut bursit; epikondilit; o‘tkir nonspefik tendosinovit; o‘tkir podagra artriti.
3. Kollagenozlar:
o quyidagi kasalliklarda kuchayganida yoki ayrim hollarda qo‘llab-quvvatlovchi davolash sifatida qo‘llaniladi: tizimli qizil volchanka; tizimli dermatomiyozit (polimiyozit); o‘tkir revmatik miokardit.
4. Teridagi kasalliklar:
o pufakcha kasalligi; yomonlashgan eksudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi); eksfoliativ dermatit; qo‘ziqorinli mikoz; bulozli gerpetiform dermatit (tanlov preparati - sulfon, tizimli GKS qo‘llanilishi ad’yuvant hisoblanadi).
5. Allergik holatlar:
o quyidagi og‘ir va nogironlashtiruvchi allergik holatlarni nazorat qilish uchun, oddiy usullar bilan davolash imkoni bo‘lmagan hollarda: astmatik status; kontakt dermatiti; atopik dermatit; zardob kasalligi; mavsumiy yoki yil davomida yuzaga keladigan allergik rinit; dori allergiyasi; qon quyish va dorilarni kiritish reaksiyalari (qichishish turi bo‘yicha); o‘tkir infeksiyaga aloqador bo‘lmagan hiqildoq shishi (tanlov preparati - epinefrin).
6. Oftalmologik kasalliklar
o Og‘ir o‘tkir va surunkali allergik va yallig‘lanish jarayonlari, ko‘zlar shikastlanishi bilan kechuvchi holatlar, masalan, uveit va mahalliy kortikosteroidlarga javob bermaydigan ko‘z yallig‘lanishi kasalliklari.
7. Me’da-ichak trakt kasalliklari
o Quyidagi kasalliklarda bemorni kritik holatdan chiqarish uchun: yarali kolit (tizimli terapiya); Kron kasalligi (tizimli terapiya).
8. Nafas olish organlari kasalliklari
o Simptomatik sarkoidoz; berillioz; o‘choqli yoki dissemine bo‘lgan o‘pka sil kasalligi (mos keladigan antituberkulyoz ximioterapiya bilan kombinatsiyada qo‘llaniladi); Leffler sindromi, boshqa davolash usullariga javob bermaydigan holatlar; aspiratsion pnevmonit.
9. Gematologik kasalliklar
o Orttirilgan (autoimmun) gemolitik anemiya; kattalarda ikkilamchi trombotsitopeniya; eritroblastopeniya (katta talassemiya); tug‘ma (eritroid) gipoplastik anemiya.
10. Onkologik kasalliklar
• Quyidagi kasalliklarda palyativ terapiya sifatida: kattalardagi leykoz va limfomalar.
11. Shish sindromi
• Nefrotik sindromda diurezni induktsiyalash yoki proteinuriyani davolash uchun, idiopatik tipda yoki tizimli qizil volchanka bilan bog‘liq holda.
12. Nerv tizimi
• O‘tkirlashgan fazadagi tarqoq skleroz.
13. Qo‘shimcha qo‘llash ko‘rsatmalari
• Subaraxnoidal blok yoki blok xavfi bo‘lgan sil meningiti, mos keladigan antituberkulyoz ximioterapiya bilan kombinatsiyada; nerv tizimi yoki miokard shikastlanishi bilan kechuvchi trikxinellyoz.
B. BO‘G‘IM ICHIGA, PERIARTIKULYAR, INTRABURSAL QO‘LLASH VA YUMSHOQ TO‘QIMALARGA KIRITISH
• Quyidagi kasalliklarda qisqa muddatli yordamchi davolash uchun (bemorni o‘tkir holatdan chiqarish yoki jarayon kuchayganida): osteoartritdagi sinovit; revmatoid artrit; o‘tkir va subakut bursit; o‘tkir podagra artriti; epikondilit; o‘tkir nonspefik tendosinovit.
V. PATOLOGIK O‘CHOQGA KIRITISH
• Quyidagi holatlarda keloid chandiqlar va lokalizatsiyalangan yallig‘lanish o‘choqlarida: qizil yassi temiratki (Vilson); psoriatik blyashkalar; halqasimon granuloma; oddiy surunkali temiratki (neyrodermit); diskoid qizil volchanka; diabetik lipodistrofiya; o‘choqli alopesiya.
• Shuningdek, tendonlar aponevrozi yoki kistoz o‘smalarda (pay qoplari kistalari) samarali.