Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Diеnogest va/yoki etinilestradiolga yoki preparatning yordamchi moddalardan biriga yuqori sezuvchanlik; trombozlar (venoz va arterial) va tromboemboliya hozirda yoki anamnezida (shu jumladan, chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliya, miokard infarkti); trombozdan oldingi holatlar (shu jumladan, stenokardiya) hozirda yoki anamnezida; serebrovaskulyar kasallik: insult, tranzitor ishemik hujumlar hozirda yoki anamnezida; venoz yoki arterial tromboz xavfi omillarining ko‘pligi yoki og‘ir holati, shu jumladan, yurak klapanlarining murakkab zararlanishi, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, bosh miya yoki koronar arteriyalar kasalliklari, og‘ir dislipoproteinemiya, nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, uzoq muddatli harakatsizlikka olib keluvchi hajmli jarrohlik aralashuvlari, 35 yoshdan oshganlarda chekish, tana massasi indeksi >30 kg/m2 bo‘lgan semizlik; diabetik angiopatiyali qandli diabet; venoz yoki arterial trombozga aniqlangan moyillik, shu jumladan, faollashgan protein C ga rezistentlik (shu jumladan, V Leyden faktori), antitrombin III yetishmovchiligi, protein C yetishmovchiligi, protein S yetishmovchiligi, giperhomotsisteinemiya, fosfolipidlarga antitelalar mavjudligi (antikardiolipin, bo‘rsiq antikoagulyanti); jigar yetishmovchiligi, o'tkir va og‘ir jigar kasalliklari (jigar funksiyasi laborator ko‘rsatkichlari normallashguncha); jigarning yaxshi yoki yomon xusiyatli o‘smalari, shu jumladan, anamnezida; jinsiy organlarning yoki ko‘krak bezining gormonlarga bog‘liq xavfli o‘smalari aniqlangan yoki ularga shubha mavjud, shu jumladan, anamnezida; noaniq kelib chiqishga ega vaginal qon ketishi; hozirda yoki anamnezida o‘choqli nevrologik simptomatikali migren; hozirda yoki anamnezida o‘ta gipertirgiseridemiyali pankreatit; emizish davri; irsiy laktaza yetishmovchiligi, laktoza intoleransi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: tromboz va tromboemboliya rivojlanishining xavf omillari: ortiqcha tana vazni (TMI <30 kg/m2), chekish, dislipoproteinemiya, nazorat qilinadigan arterial gipertenziya, o‘choqli nevrologik simptomatikasiz migren, murakkab bo‘lmagan yurak klapan nuqsonlari, irsiy trombozga moyillik (yaqin qarindoshlarning yoshligida tromboz, miokard infarkti yoki miya qon aylanishi buzilishi holatlari). Periferik qon aylanishi buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar: diabet diabetik angiopatiyasiz, yuzaki venalarning flebiti, SLE, gemolitiko-uremik sindrom, Kron kasalligi, yarali kolit, o‘roq shaklidagi anemiya, onkologik kasalliklar. Homiladorlikda yoki jinsiy gormonlarni qabul qilish fonida birinchi marta paydo bo‘lgan yoki og‘irlashgan kasalliklar, masalan, xolestaz fonida sariqlik va/yoki qichishish, o't pufagi kasalliklari, porfiriya, Sidenxem xoreyasi, homiladorlikda gerpes anamnezida, eshitishning susayishi (otoskleroz bilan bog‘liq). Endogen depressiya, epilepsiya. Irsiy angionevrotik shish. Gipertirgiseridemiya. Jigar kasalliklari jigar funksiyasi laborator ko‘rsatkichlari normal bo‘lgan holatlarda. Tug‘ruqdan keyingi davr (emizish yo‘qligida).