Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
diklofenak va ishlatilayotgan preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik; "aspirin triadasi" (asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NQVP) qabul qilishda bronxial astma xurujlari, eshakemi va o‘tkir rinit); o‘tkir fazadagi eroziyali-yarali shikastlanishlar; proktit; homiladorlikning III uch oyligi. Ehtiyotkorlik bilan: me’da-ichak traktining shikastlanishiga shubha; o'tmishda me'da-ichak qon ketishlari va yara perforatsiyasi (ayniqsa, yoshi katta bemorlarda), Helicobacter pylori infeksiyasi, yarali kolit, Kron kasalligi; jigar va buyrak funksiyasining engil va o‘rtacha darajada buzilishi; jigar porfiriyasi (diklofenak porfiriya xurujlarini qo‘zg‘atishi mumkin); bronxial astma, mavsumiy allergik rinit, burun shilliq qavatining shishi (jumladan, burun poliplari bilan), XOBL, allergik rinitga o‘xshash simptomlar bilan kechuvchi surunkali nafas yo‘llari infeksion kasalliklari bo‘lgan bemorlarda; yurak-qon tomir kasalliklari (jumladan, IBB, serebrovaskulyar kasalliklar, kompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, periferik tomir kasalliklari); buyrak funksiyasi buzilishlari, jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/min); dislipidemiya/giperlipidemiya; qandli diabet; arterial gipertenziya; O‘CH hajmining sezilarli kamayishi (masalan, yirik jarrohlik aralashuvlardan oldin yoki keyin); gemostaz tizimi buzilishlari; tromboz xavfi (jumladan, miokard infarkti va insult); yoshi katta bemorlarda, ayniqsa holsizlangan yoki tana vazni past bo‘lganlarda (diklofenakni minimal samarali dozada qo‘llash kerak); me’da-ichak qon ketishi xavfini oshiruvchi preparatlar, jumladan tizimli GKlar (masalan, prednizolon), antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, klopidogrel, asetilsalitsil kislotasi), serotonin qayta qamrab olishning selektiv ingibitorlari (masalan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) bilan davolanayotgan bemorlarda; diuretiklar yoki buyrak funksiyasini buzishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar bilan birga qo‘llashda; chekuvchi bemorlar yoki alkogolni suiiste'mol qiluvchi bemorlarni davolashda; in'yektsiya ko‘rinishidagi shakllarni bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarga yuborishda (in'yektsiyalar uchun ayrim dori shakllarida bo‘lgan natriy bisulfit kuchli gipersezuvchanlik reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkinligi sababli).