Ta'sirlarning Chastotasi Kategoriyalari:
Juda tez-tez (≥1/10)
Tez-tez (≥1/100 va <1/10)
Kamdan-kam (≥1/1000 va <1/100)
Kam hollarda (≥1/10 000 va <1/1000)
Juda kam hollarda (<1/10 000)
Noma'lum chastotada
Nojo'ya Ta'sirlar:
Qon va limfa tizimi tomonidan:
Juda kam hollarda: gemolitik anemiya, agranulotsitoz, neyropeniya, leyopeniya, trombotsitopeniya yoki panitsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan:
Kam hollarda: anafilaktik shok.
Psixik buzilishlar:
Tez-tez: kayfiyat o'zgarishi, bezovtalik, harakatlar qiyinlashuvi.
Kamdan-kam: uyqusizlik.
Nerv tizimi tomonidan:
Tez-tez: uyquchanlik.
Kamdan-kam: muvozanatni buzilishi, konsentratsiya va xotiraning pasayishi (ko‘proq keksa bemorlarda), tremor, koordinatsiyaning yetishmasligi, ong chalkashligi, gallyutsinatsiyalar.
Kam hollarda: bosh og'rig'i, uyqu buzilishi, bosh aylanishi, ortostatik gipotenziya.
Juda kam hollarda: markaziy asab tizimining paradoksal stimulyatsiyasi (ayniqsa bolalarda).
Ko'rish organi tomonidan:
Kam hollarda: glaukoma, ko'rish muammolari (ko'z qorachig'ining kengayishi, ko'rishning xiralashishi yoki ikki yoqlama ko'rish).
Eshitish organi va labirint buzilishlari tomonidan:
Kam hollarda: quloqda shovqin.
Yurak tomonidan:
Kam hollarda: tez yurak urishi, tachikardiya va gipotenziya.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va mediastinum tomonidan:
Tez-tez: burun bitishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
Tez-tez: og'iz qurishi, ich qotishi, diareya, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i.
Jigar va o't yo'llari tomonidan:
Noma'lum chastotada: jigar funktsiyasining buzilishi (xolestatik sariqlik).
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan:
Kam hollarda: toshma, qizarish.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan:
Tez-tez: siydik chiqarish buzilishi (antixolinergik ta'sir tufayli siydikni ushlab turish).
Umumiy buzilishlar va qo‘llanilish joyidagi buzilishlar:
Kam hollarda: shish (kam hollarda – Quincke shishi).
Agar yo'riqnomada keltirilgan nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki bemor yo'riqnomada keltirilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsa, u o‘z davolovchi shifokoriga xabar berishi kerak.