Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Diklofenak va qo‘llanilayotgan preparatning yordamchi moddalari tarkibiga yuqori sezuvchanlik; “aspirin triadasi” (asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar qabulida bronxial astma xurujlari, eshakemi va o‘tkir rinit); me’da-ichak tizimi eroziyali-yara shikastlanishi (zo‘rayish fazasida); og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK <30 ml/min), buyrak kasalligining progressiv rivojlanishi; og‘ir jigar yetishmovchiligi, faol jigar kasalligi; klinik jihatdan tasdiqlangan YIK, periferik arteriyalar va miya qon tomirlarining kasalliklari, nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; miya qon tomirlaridagi qon ketishlar; gemostaz buzilishlari; aortokoronar shuntlashdan keyingi erta operatsiyadan keyingi davr; tasdiqlangan giperkaliemiya; homiladorlikning III trimestri; emizish davri; 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (uzoq muddatli ta’sir qiluvchi dori shakllari uchun).
Ehtiyotkorlik bilan:
Me’da-ichak tizimi kasalliklariga gumon mavjudligi;
anamnezda me’da-ichak tizimidan qon ketish va yara perforatsiyasi (ayniqsa, keksa bemorlarda), Helicobacter pylori infeksiyasi, yara koliti, Kron kasalligi mavjudligi;
jigar faoliyatining yengil va o‘rta darajada buzilishi, jigar porfiriyasi (diklofenak porfiriya xurujlarini qo‘zg‘atishi mumkin);
me’da-ichak tizimida anastomoz bilan og‘rigan bemorlarda (anastomoz yaxlitligining buzilishi xavfi), me’da-ichak tizimida operatsiyadan keyin (bemorlarning holatini nazorat qilish talab etiladi);
bronxial astma, mavsumiy allergik rinit, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishi (shu jumladan burun bo‘shlig‘ida poliplari bilan), surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, surunkali infeksion respirator kasalliklar (ayniqsa, allergik rinitsimon simptomlar bilan bog‘liq);
yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (shu jumladan YIK, serebrovaskulyar kasalliklar, kompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, periferik qon tomir kasalliklari);
buyrak faoliyatining buzilishi, shu jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/min);
dislipidemiya/giperlipidemiya; qandli diabet; arterial gipertenziya;
har qanday etiologiyadagi O‘ChK sezilarli darajada kamayishi (masalan, katta jarrohlik aralashuvlar oldidan va keyin);
trombozlar rivojlanishi xavfi (shu jumladan miokard infarkti va insult);
biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari;
keksa yoshdagi bemorlar, ayniqsa zaiflashgan yoki tana vazni past bo‘lgan (diklofenak minimal samarali dozalarda qo‘llanishi kerak);
me’da-ichak tizimidan qon ketish xavfini oshiradigan dorilarni bir vaqtda qabul qilish, shu jumladan tizimli GKS (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan klopidogrel, asetilsalitsil kislotasi), serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari (shu jumladan sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin);
diuretiklar yoki buyrak faoliyatini buzishi mumkin bo‘lgan boshqa dorilar bilan bir vaqtda davolash;
chekuvchilar yoki alkogol iste’mol qiluvchilarni davolashda.