Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Allergik kon'yunktivit, allergik rinit, surunkali eshakemi, qichishish bilan kechuvchi dermatitlar, dermatografizm, zardob kasalligi; anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar, Kvinke shishi va boshqa allergik holatlarni kompleks terapiyasida. Uyqusizlik, xoreya, Menyer sindromi, dengiz va havo kasalligi, ko‘ngil aynishga qarshi vosita sifatida. Quyosh kuyishi va I darajali kuyishlar; hasharot chaqishlari; turli kelib chiqishli teri qichishishi (xolestaz bilan bog'liq qichishishni hisobga olmaganda): ekzema, suvchechak, allergik tirnash, o‘simliklar bilan aloqada yuzaga kelgan kontakt dermatitlar.