Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Dimia® preparatini qabul qilish quyidagi kasalliklar/holatlar/risk omillari mavjud bo‘lganda kontrendikatsiyalangan: venoz tromboz yoki tromboemboliya (VTЕ), jumladan, chuqur venalar trombozi (ChVT) va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi (OATE), hozirgi vaqtda yoki anamnezida; arterial tromboz yoki tromboemboliya (ATE), jumladan, miokard infarkti va insult; prodromal holatlar (tranzitor ishemik xuruj, stenokardiya) hozirgi vaqtda yoki anamnezida; venoz yoki arterial trombozga irsiy yoki orttirilgan moyillik, shu jumladan, faollashgan protein C ga rezistentlik, giperhomotsisteinemiya, antitrombin III yetishmovchiligi, protein C yetishmovchiligi, protein S yetishmovchiligi, antifosfolipid antitelalar (antikardiolipin, bo‘rsiq antikoagulyanti) mavjudligi; VTЕ yoki ATEning kuchli yoki bir nechta xavf omillari mavjudligi (qarang "Maxsus ko‘rsatmalar" bo‘limi) yoki bunday jiddiy xavf omillaridan biri mavjudligi, masalan: diabetik angiopatiya bilan kechuvchi qandli diabet; nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya; og‘ir dislipoproteinemiya; uzoq muddatli immobilizatsiyaga olib keluvchi hajmli jarrohlik aralashuvlari yoki keng ko‘lamli travmalar; hozirgi vaqtda yoki anamnezida o‘choqli nevrologik simptomatikali migren; jigar yetishmovchiligi, og‘ir o‘tkir yoki surunkali jigar kasalliklari (jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari normallashguncha); hozirgi vaqtda yoki anamnezida jigar o‘smalari (yaxshi yoki yomon xusiyatli); og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; gormonlarga bog‘liq yomon xulqli o‘smalar, jumladan jinsiy organlar va ko‘krak bezi o‘smalari yoki ularga shubha mavjudligi; noaniq kelib chiqishga ega jinsiy yo‘l bilan qon ketishi; homiladorlik, jumladan taxminiy homiladorlik; emizish davri; ombitasvir, paritaprevir, ritonavir, dasabuvir yoki glekaprevir/pibrentasvir kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi virusga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash; laktoza intoleransi, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya (preparat tarkibida laktoza monogidrat mavjud); yer yong‘oq yoki soya mahsulotlariga yuqori sezuvchanlik; drosperinon, etinilestradiol yoki preparatning boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Ushbu kasallik/holat yoki xavf omillaridan biri Dimia® preparatini qabul qilish vaqtida birinchi marta aniqlangan yoki rivojlangan bo‘lsa, preparatni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash: Agar quyidagi holatlar/kasalliklar yoki xavf omillari mavjud bo‘lsa, KOK, jumladan Dimia® preparatini qo‘llashning mumkin bo‘lgan xavfi va kutilayotgan foydasi har bir holatda alohida baholanishi va bu masala ayol bilan muhokama qilinishi lozim: tromboz va tromboemboliya rivojlanishi xavfi omillari (chekish; trombozlar, miokard infarkti yoki 50 yoshgacha bo‘lgan yaqin qarindoshlarda miya qon aylanishining buzilishi; semizlik; dislipoproteinemiya; nazorat qilinadigan arterial gipertenziya; migren; murakkab bo‘lmagan yurak klapanlari nuqsonlari; yurak ritmi buzilishi); periferik qon aylanishi buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar (qandli diabet; tizimli qizil bo‘rsiq kasalligi; gemolitik-uremik sindrom; Kron kasalligi va yarali kolit; o‘roq shaklidagi anemiya; yuzaki venalarning flebiti); irsiy angionevrotik shish; gipertirgiseridemiya; jigar kasalliklari anamnezida o‘rtacha va yengil darajada, jigar funksiyasi normal ko‘rsatkichlarida; homiladorlik davrida yoki jinsiy gormonlarni oldin qabul qilish fonida birinchi marta paydo bo‘lgan yoki og‘irlashgan kasalliklar (masalan, sariqlik, xolestaz, xolelitiaz, eshitishning pasayishi bilan bog‘liq otoskleroz, porfiriya, gestatsion gerpes, Sidenxem xoreyasi); tug‘ruqdan keyingi davr; epilepsiya; depressiya. Ushbu holat yoki xavf omillari kuchaygan yoki birinchi marta paydo bo‘lgan taqdirda, ayol preparatni qabul qilishni to‘xtatish masalasini hal qilish uchun shifokor bilan maslahatlashishi kerak.