GKS terapiyasi orqali klinik samaradorlikka erishish mumkin bo‘lgan holatlar va kasalliklarni davolash (ayrim kasalliklarda GKS terapiyasi yordamchi hisoblanib, standart terapiyani o‘rnini bosmaydi): suyak-mushak tizimi va yumshoq to‘qima kasalliklari, jumladan revmatik artrit, osteoartroz, bursitlar, ankilozlovchi spondiloartrit, epikondilit, radikulit, koksigodiniya, ishialgiya, lumbago, bo‘yin qiyshiqligi, ganglion kista, ekzostoz, fastsit, oyoq kasalliklari; allergik kasalliklar, jumladan bronxial astma, pichan isitmasi (polinoz), allergik bronxit, mavsumiy yoki doimiy rinit, dori allergiyasi, zardob kasalligi, hasharot chaqishlariga reaktsiyalar; dermatologik kasalliklar, jumladan atopik dermatit, tangasimon ekzema, neyrodermit, kontakt dermatit, fotodermatit, eshakemi, qizil yassi temiratki, insulin bilan bog‘liq lipodistrofiya, o‘choqli alopetsiya, diskoid qizil volchanka, psoriaz, keloid chandiqlar, oddiy pufakli dermatoz, gerpetik dermatit, kistoz akne; biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari, jumladan tizimli qizil volchanka, sklerodermiya, dermatomiyozit, tugunli periarteriit; gemoblastozlar (katta yoshdagi lеykemiya va limfomalarni palliativ davolash, bolalarda o‘tkir leykemiya); buyrak usti bezlari qobig‘ining birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi (mineralokortikoidlar bilan birgalikda); boshqa kasalliklar va patologik holatlar, tizimli GKS terapiyasini talab qiladigan hollarda (adrenogenital sindrom, yarali kolit, mintaqaviy ileit, malabsorbtsiya sindromi, ko‘z shilliq qavatining zararlanishi, qonning patologik o‘zgarishlari, nefrit, nefrotik sindrom).