Kriptokokkoz, jumladan, kriptokokkli meningit va boshqa joylashuvdagi infeksiyalar (masalan, o'pka, teri), jumladan normal immun javobga ega bemorlar, OITS bilan kasallanganlar, organ transplantatsiyasi qabul qiluvchilar va immun tanqisligi boshqa shakllari bo'lgan bemorlar uchun; OITS bilan kasallangan bemorlarda kriptokokkozning qaytalanishini oldini olish uchun qo'llab-quvvatlovchi davolash; umumiylashgan kandidoz, jumladan, kandidemiya, tarqalgan kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalari shakllari, masalan, qorin pardasi, endokard, ko'zlar, nafas va siydik yo'llari infeksiyalari, shu jumladan, malign o'smalari bo'lgan, jonlantirish bo'limida yotgan va sitotoksik yoki immunosupressiv vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda hamda kandidoz rivojlanishiga moyillik keltirib chiqaruvchi boshqa omillarga ega bemorlarda; shilliq qavat kandidozi, jumladan og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavati, qizilo'ngach, invaziv bo'lmagan bronxo-o'pka infeksiyalari, kandiduriya, teri-shilliq va og'iz bo'shlig'ining surunkali atrofik kandidozi (tish protezlarini taqish bilan bog'liq), shu jumladan immun funksiyasi normal va susaygan bemorlarda; OITS bilan kasallangan bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishini oldini olish; genital kandidoz; o'tkir yoki qaytalanuvchi vaginal kandidoz; vaginal kandidozning qaytalanish chastotasini kamaytirish uchun profilaktika (yiliga 3 yoki undan ko'p epizod); kandidozli balaniti; malign o'smalari bo'lgan va sitotoksik kimyoterapiya yoki radioterapiya natijasida bunday infeksiyalarga moyil bo'lgan bemorlarda zamburug' infeksiyalarining oldini olish; teri mikozlari, jumladan oyoq, tana, chanoq sohasidagi mikozlar, turli rangdagi liken, onixomikoz va teri kandidozi infeksiyalari; immuniteti normal bo'lgan bemorlarda chuqur endemik mikozlar, koksidioidomikoz.