Foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar
Yurak qorinchalariga to‘lish yoki chiqish oqimiga mexanik to‘siqlar (yurak tamponadasi, perikardit, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, aniq aorta stenozi); gipovolemiya; MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish; feoxromotsitoma; qorincha aritmiyalari (jumladan, qorincha fibrillyatsiyasi); preparatga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: miokard infarkti (dobutaminning yuqori dozalari yurak urish tezligini va qisqaruvchanlikni oshirishi va miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini ko‘paytirishi bilan ishemiyani kuchaytirishi mumkin), metabolik atsidoz, giperkapniya, gipoksiya, taxiaritmiya, miltillovchi aritmiya, o‘pka gipertenziyasi, gipovolemiya, qon tomirlarning okklyuzion kasalliklari (arterial tromboemboliya, ateroskleroz, obliteratsiyalovchi trombangit (Byurger kasalligi), sovuq jarohatlar, shu jumladan, sovuq urishi, diabetik endarteriit, Reyno kasalligi), yopiq burchakli glaukoma, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lganlar.