Preparatning faol moddalariga ko‘rsatmalar
Turli sababli ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hiqichoq (toksemiya, nur terapiyasi, parhez buzilishi, ayrim dori vositalari /morfiy/ qabul qilish, endoskopik va rentgen kontrast tekshiruvlar, operatsiyadan keyingi davrda); operatsiyadan keyingi oshqozon va ichakning gipotoniyasi va atoniyasi, o't yo‘llarining diskineziyasi, meteorizm, reflyuks-ezofagit, xolestit, xolangit, turli dispepsiyalar. Dopaminomimetiklarni qabul qilishdan kelib chiqqan ko‘ngil aynishi va qayt qilish.